Naramsin
Naramsin (Naram-Suen) - Akkad podshohi (miloddan avvalgi taxminan 2236—2200). Sargonning nabirasi. Oʻzini xudo deb eʼlon qilib, mustabid hokimiyat oʻrnatgan. N.ning Gʻarbiy Erondagi lullubeylar qabilasi ustiga yurishi sharafiga oʻrnatilgan stela — Akkad sanʼati yodgorligidir (Luvrda saqlanadi). N. davrida gutiylar (kutiylar)ning Akkadga bosqini boshlangan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |