Nacho Fernández
| Xose Ignasio Fernandes Iglesias | ||
| Shaxsiy maʼlumot | ||
|---|---|---|
| Toʻliq ismi | José Ignacio Fernández Iglesias | |
| Tavallud sanasi | 18-yanvar, 1990 (23 yoshda) | |
| Tavvalud joyi | Madrid, |
|
| Boʻyi | 180 sm | |
| Ampluasi | himoyachi | |
| Klub ma'lumoti | ||
| Joriy klub | ||
| Raqami | 27 | |
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | ||
| 1999-2001 2007-2008 |
Komplutense Real Madrid |
|
| Professional klublar1 | ||
| Yillar | Klub | Isht. (Gollar)* |
| 2009 — hz. 2011 — hz. |
Real Madrid Kastilya Real Madrid |
93 (4) 2 (0) |
| Milliy terma jamoa | ||
| 2006 — 2007 2008 — 2009 2011 — hz. |
Ispaniya U-17 Ispaniya U-19 Ispaniya U-21 |
11 (0) 9 (2) 1 (0) |
|
1 Professional klublardagi gollari |
||
Xose Ignasio Fernandes Iglesias (isp. José Ignacio Fernández Iglesias; 18-yanvar 1990, Madrid), Nacho nomi bilan ham taniqli (isp. Nacho) — ispaniyalik futbolchi, „Real Madrid Kastilya“ va „Real Madrid“ jamoalari himoyachisi. Ispaniya yoshlar terma jamoasi aʼzosi, 2007-yilda oʻtkazilgan 17 yoshgacha Yevropa chempionati gʻolibi.
Mundarija |
Biografiya [tahrir]
„Real Madrid“ jamoasi maktabi tarbiyalanuvchisi, u 11 yoshida kelib qoʻshilgan. Nacho 2008/2009 mavsumda rezerv jamoada Segunda B ligasi uchrashuvida debyut qildi va oʻsha mavsumda ikkita oʻyin oʻtkazdi. Jami u Segundada ikki mavsumni toʻliq oʻtkazdi. 2011-yil 23-aprelda Ispaniya chempionati oʻyini doirasida kechgan Valensiyaga qarshi oʻyinda u birinchi jamoada ham debyut qildi. Oʻsha oʻyinda Nacho maydonda toʻliq harakat qildi va „Real“ 6:3 hisobida gʻalaba qozondi[1]. Ikkinchi oʻyini bir hafta oʻtib „Real Saragosa“ga qarshi kechdi va kutilmaganda „Real Madrid“ raqibiga imkoniyatni boy berib qoʻydi[2].
2011-yil yozida Shimoliy Amerika boʻylab oʻtkazilgan turneda Nacho ham qatnashdi. U turneda „Los-Anjeles Gelaksi“, „Gvadalaxara“ va „Filadelfiya Yunion“ jamoalarga qarshi kechgan oʻyinlarda maydonga tushdi. 2012-yilning 2-sentabrida rasman 27-raqamli libosni qabul qildi[3], lekin Joze Mourinyo talabiga bionan bir qancha vaqt ikkinchi jamoada qoldi[4].
Ispaniya oʻsmirlar terma jamoasida 2007-yilda oʻtkazilgan 17 yoshgacha Yevropa chempionati chempioni boʻldi, shu yilning oʻzida jahon chempionati kumush medalini ham qoʻlga kiritdi.
Shahsiy hayoti [tahrir]
Uning ukasi Aleks ham futbolchi hisoblanadi.
Izohlar [tahrir]
- ↑ Madrid continue impressive form; ESPN Soccernet, 23 April 2011
- ↑ Zaragoza dent Real title dream; ESPN Soccernet, 30 April 2011
- ↑ Nacho Fernández joins the dynamics of the first team
- ↑ Mourinho: We have a squad of 23 players and they all are important
Havolalar [tahrir]
- Real Madridning rasmiy saytidagi sahifasi (ingl.) (isp.)
- La Liga maʼlumotlar bazasidagi sahifasi (ingl.)
- Futbolme.com saytidagi sahifasi (isp.)
- FIFA saytidagi sahifasi (ingl.)
- ESPN saytidagi sahifasi (ingl.)