My Chemical Romance

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
My Chemical Romance
Wikimcrnotts.jpg
My Chemical Romance
Kelib chiqishi 2001 Nyu-Jersi
Mamlakat AQSH
Janr Pank-rok
Alternativ Rok,post hardcore
Tarkib Gerard Way
Frank Iero
Ray Toro
Bob Bryar
Mike Way
Veb-sahifa [1]

My Chemical Romance («May Kemikal Romens») — amerikada 2001-yil tashkil topgan rok-guruh. Guruh tashkil topgandan keyin 2002-yili Eyeball Records bilan hamkorlikda "I Brought You My Bullets, You Brought Me Your Love" albomini chiqaradilar. 2004-yil esa "Three Cheers for Sweet Revenge" albomini chiqaradilar va albomdagi "Helena", "The Ghost Of You", "I'm not Okay (I Promise)" singllari bilan katta muvaffaqiyat qozonadilar. 2006-yil ham muvaffaqqiyatga "The Black Parade" albomi orqali erishadilar. Albomdagi "Welcome To The Black Parade" qo'shig'i esa hit darajasiga erishadi.

Tarix[tahrir]

My Chemical Romance, Gerard Way tarafidan 2001-yil qurildi. Birinchi singllari “Skylines and Turnstiles”ni 11-sentyabr voqealariga asoslangan holda yozildi. O'z tarkibiga Mike Way va Ray Toro ni qo'shgan guruh Nyu Jersida bir qancha konsertlarda sahnaga chiqib, rock musiqasini sevuvchilar tarafidan iliq qabul qilindi. Birinchi Albomlari “I Brought You My Bullets You Brought Me Your Love”ni chiqarmasdan oldin guruh tarkibiga Frank Iero ham qushiladi. Bu Al'bomda Frank Iero faqatgina 2 ta qo'shiqda gitara chaladi. Bu albomdagi qo'shiqlar "Aybdor Oshiqlar" mavsuga asoslanadi. 2004 yil chiqgan ikkinchi albom “Three Cheers For Sweet Revenge” "Aybdor Oshiqlar" mavzusini davom ettiradi. Oldingi albom post-hardcore yo'nalishida yaratilgan bo'lsa, bu albomda ko'proq emo-punk havosi sezilib turar edi. Bu o'zgarish guruhning ba'zi muhlislari tarafidan yahshi qabul qilinmasa ham, guruhning muhlislar soni yanada ortadi. Albomning sotilish soni rekord raqamlarga erishadi. 2004-yil guruhning ilk barabanchisi Matt Pelissierning o'rniga Bob Bryar keladi, 2005-yil Green Day bilan konsertlarda sahna oladi.

23 Oktyabr 2006-yilda Angliyada, 24 Oktyabr da esa Amerikada uchinchi albomlari The Black Parade sotuvga chiqadi. Albomdagi birinchi singl "The Black Parade" ga klip oldilar, va bu singl Angliya hit-paradlarida uzoq vaqt 1-o'rinda turdi.

Guruh tarkibi[tahrir]

  • Gerard Way - vokal (2001-yil guruhga qo'shilgan)
  • Ray Toro - gitara, orqa vokal (2001-yil guruhga qo'shilgan)
  • Frank Iero - ritmik gitara, orqa vokal (2002-yil guruhga qo'shilgan)
  • Mikey Way - bass gitara (2001-2007)
  • Bob Bryar - barabanlar (2004-yil guruhga qo'shilgan)

Gerard Way[tahrir]

Gerard Arthur Way (Djerard Artur Uey) 1977-yil 9 aprelda AQShning Nyu Jersi shtatida tug'ilgan, My Chemical Romance ni tashkilchilaridan biri. Uey italyan-shotlan kelib chiqishiga ega. U qo'shiq kuylashni 4-sinfligida maktab spektaklida Piter Penning rolini o'ynayotganida boshlagan. Qo'shiq kuylashdan tashqaari Uey rasm va komikslar chizish bilan shug'ullanar edi. 1995-yilda o'rta maktabni bitirganidan keyin, Uey Nyu-Yorkdagi School of Visual Arts san'at maktabiga o'qishga kirdi va 1999 yil bitirdi. 11 sentyabr terrakti bo'lgan paytlar Uey Nyu-Yorkda ishlayotgan edi. Bu voqea hayotini o'zgartirishga turtki bo'ldi va u My Chemical Romance guruhini tuzdi. (Guruhning nomi Uelsh Irvinning "Ecstasy: Three Tales of Chemical Romance" kitobining nomidan olingan). Djerarddan tashqairi guruhga Ray Toro, Met Pelisier (keyinchalik uning o'rniga Bob Brayar qo'shiladi), Frenk Iyero va Djerardning ukasi Mayk qo'shiladi. Uey uchun musiqa depressiya, alkogol va narkomanlikka qarshi eng yahshi ilojga aylandi. Bu esa Djerardni "Helena" kabi shahsiy qo'shiqlarni yozishiga undadi. Bu qo'shiqni u buvisi - Yelena Li Rash o'lganidan so'ngra unga bag'ishlab yozgan. Musiqadagi muvaffaqiyatiga qaramasdan Djerard rasm chizishni tashlamadi. U o'z guruhi va boshqa guruhlar uchun rasm chizishga davot etti. Rasmlari orqali u yordam maqsadida, ayniqsa ko'krak saratoniga qarshi kurashish yordam puli to'pladi. Bundan tashqari u Tsunamidan zarar ko'rganlar uchun The Used guruhining hamkorligida "Under Pressure" qo'shig'iga kaver yozdilar. Yaqindagina u MTVdagi MTV2 All That Rocks ko'rsatuvida 63% ovoz bilan "Rokning Qiroli"(Almighty King of Rock) deb tan olindi.

Ray Toro[tahrir]

Raymond Manuel Toro-Ortiz 1977-yilda 15 iyulda New Jersey shtatida dunyoga keladi. Yoshligida Queen, Metallica, Megadeth va Slayer guruhlarining qo'shiqlarini sevib tinglardi.

Frank Iero[tahrir]

Frank Anthony Iero (Frenk Entoni Iero) 1981-yil 31 oktyabrda Nyu Jersida tug'iladi. Uning bolaligi Bellevilleda My Chemical romance ning boshqa ishtirokchilari bilan o'tadi. Frenk har hil guruhlarda gitara chalishni 11-yoshida boshlaydi. My Chemical Romancedan oldin Pencey Prep, Hybrid, Sector 12, I Am a Graveyard, Give Up the Ghost guruhlarida gitara chaladi. Maktabni bitirganidan keyin Rutgers Universityga o'qishga kiradi, ammo keyinchalik My Chemical Romancega qo'shilgach o'qishni tashlaydi.

Mikey Way[tahrir]

Michael James Way (Maykl Djeyms Uey) 1980-yil 10 sentyabr Nyu Jersi da tug'iladi. Djerard Ueyning haqiqiy ukasi. Kitob Magazinidi ishlagan paytlari Irvin Velshning Ecstacy: Three Tales of Chemical Romance kitobining nomidan kelib chiqgan holda guruhga nom topadi. Maykl bas gitarani chalishni o'rgangandan keyin kolledjda o'qishni tashlaydi va guruhga qo'shiladi.

Bob Bryar[tahrir]

Bob Bryar (Bob Brayar) 1979-yil 31 dekabrda Chicagoda tug'iladi. Bob Floridada universitetga kiradi. Disneyworldda barabanchi bo'lib ishlaydi. Har hil simfonik va jaz guruhlarida barabanchilik qilgan. 2004-yil guruhga qo'shilgan. Undan oldin The Used guruhi bilan ishlardi.

Diskografiya[tahrir]

Havolalar[tahrir]