Muvaqqat hukumat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muvaqqat hukumat ( Rossiyada) — imperator Nikolay II taxtdan agʻdarilgandan soʻng barpo etilgan 1demokratik hukumat. Fev. inqilobidan soʻng Davlat dumasi aʼzolari Muvaqqat (Vaqtli) komitet tomonidan, Petrosovet rahbarlarining roziligi b-n, taʼsis majlisi chaqirilgunga qadar tuzilgan. Oliy ijroiya-boshqaruv organi qonun chiqarish funksiyalarini ham bajargan. 1917 y. 2(15) martdan 25 okt. (7 noyabr) gacha faoliyat yuritgan; M.h.ning 4 ta tarkibi almashgan: 1-tarkib (2 oktyabrist, 8 kadet va ularga qoʻshilgan 1 trudovik, soʻng — eser; rais — kadet G. Ye. Lvov) — 6 (19) maygacha; 2tarkib (1 oktyabrist, 8 kadet va ularga qoʻshilganlar, 3 eser, 2 menshevik, rais — Lvov) — 24 iyul (6 avg .)gacha; 3tarkib (7 kadet va ularga qoʻshilganlar, 5 eser va xalq sotsialistlari, 3 menshevik; rais — eser A. F. Kerenskiy) — 1(14) sent.gacha (hokimiyatni "Direktoriya"ga topshirgan); 4tarkib (6 kadet va ularga qoʻshilganlar, 2 eser, 4 menshevik, 6 parti-yasiz; rais — Kerenskiy) — 25 sent. (8 okt.) gacha.

M.H.ning 6(19) martdagi Rossiya fuqarolariga qilingan murojaati va deklaratsiyada [3(16) martda nashr qilingan] bayon qilingan dasturida "hokimiyat vorisligi" va "huquqning uzluksizligi" tamoyilini eʼlon qilgan, urushni "to gʻalabaga qadar" davom ettirish va ittifoqdosh davlatlar bilan tuzilgan barcha bitim va shartnomalarga rioya etilishini bildirgan. Politsiya apparati tormor etilishini, Ministrlar Soveti aʼzolari qamoqqa olinganini qonunlashtirgan, katorga va surgunni bekor kilgan, siyosiy amnistiya eʼlon qilgan. Siyosiy erkinliklar joriy qilishga, taʼsis majlisini chaqirishga, politsiyani xalq militsiyasiga aylantirishga vaʼda bergan. Majlis va ittifoq erkinligi haqida qonun qabul qilgan; imperator xonadoniga tegishli yerlarni davlat ixtiyoriga oʻtkazish haqida, sanoat korxonalaridagi ishchilar komiteti haqida farmon chiqargan; non monopoliyasi joriy etilgan. 1(14) sent.da Rossiyani respublika deb eʼlon qilgan. Okt. toʻntarishi natijasida agʻdarib tashlangan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil