Murodxon (doston)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"MURODXON" — "Rustamxon" turkumi dostonlaridan. Fozil Yoʻldosh oʻgʻlidan yozib olinib, nashr etilgan. Turkum 5 doston ("Sultonxon", "Murodxon", "Oftob pari", "Rustamxon", "Rustamning yaralanishi")dan iborat. Unda Murodxonning boshiga davlat kushi qoʻnib, Oqtosh eliga podsho boʻlishi, goʻzal Orzigulga oshiq boʻlib, uni izlashidagi sarguzashtlari, Orzigulni olib, yurtiga qaytishi voqealari tasvirlangan. "M."da mardlik, vatanpar-varlik, adolat va haqiqatgoʻylik gʻoyalari kuylanadi. Murodxon yorini izlab, safarga otlanarekan, oʻzoʻrniga qoʻygan otaliq. — bek va amaldorlardan mamlakatni adolat bilan boshqarishni, beva-bechoralarning holidan doim xabardor boʻlishni tayinlaydi. Bu narsa dostonda xalq ijodiga xos demokratik ruh yanada yorqin namoyon boʻlganligini koʻrsatadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil