Murodobod
Murodobod — Hindistonning shim. qismidagi shahar. Ramgang daryosi (Gang irmogʻi) boʻyida. Uttar-Pradesh shtatida. Aholisi 500 ming kishi chamasida. Temir yoʻl tuguni. M. — kustar usulda ip gazlama toʻqish, yogʻoch va jezdan tayyorlangan va lok hamda qalay bilan bezatilgan badiiy buyumlar ishlab chiqarishning markazi. Shaharga 1625-yilda asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklaridan 17-asrda qurilgan Jome masjidi saqlangan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |