Murod Rahmatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Murod Rahmatov
Tavalludi 8-dekabr 1980-yil (1980-12-08) (43 yosh)
Gʻijduvon, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Navoiy davlat pedagogika instituti
Taʼlimi Navoiy davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori
Ilmiy unvoni dotsent

Murod Gʻaybullayevich Rahmatov (1980-yil 8-dekbar, Gʻijduvon tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murod Rahmatov 1980-yil 8-dekabrda Gʻijduvon tumanida tugʻilgan[1]. 2001-yilda Navoiy davlat pedagogika instituti tarix, davlat va huquq asoslari yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat bosqichini, 2006-yilda Navoiy davlat pedagogika institutining Tarix yoʻnalishi boʻyicha magistraturasini tamomlagan. 2006-yildan Navoiy davlat pedagogika institutining „Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi“ kafedrasida oʻqituvchi lavozimida ish boshlaydi. 2019-yil 6-iyulda „Turkistondagi ocharchilik va uning oqibatlari (1917-1924-yy)“ mavzusida ilmiy izlanishlar qilib, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasini olgan. 80 ga yaqin ilmiy ishlari muallifi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342 bet. 

Andoza:OʻTOE