Muhriddin Ashurov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhriddin Ashurovich Ashurov
Vladimir Putin 1 June 2000-2
Vladimir Putin Ashurovni Rossiya Federatsiyasi Qahramoni "Oltin Yulduz" medali bilan taqdirlash jarayoni (2000-yil 1-iyun). Foto:Rossiya Federatsiyasi Prezidenti matbuot xizmati
Tavalludi 22-mart 1950-yil
Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR
Vafoti 26-iyul 2007-yil(2007-07-26)
(56 yoshda)
Volgograd, Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Qoʻshin turlari Tank qo'shinlari
Xizmatdagi yillari 19682005
Unvoni General-leytenant
Jang/urush Afgʻon Urushi, Tojikiston fuqarolar urushi, Birinchi Chechen urushi, Dog'iston urushi, Ikkinchi Chechen urushi
Mukofotlari Orden of Courage SU Order For Personal Courage ribbon SU Medal Veteran of the Armed Forces of the USSR ribbon Ribbon 300 years to russian fleet SU Medal 60 Years of the Armed Forces of the USSR ribbon SU Medal 50 Years of the Armed Forces of the USSR ribbon

Muxridin Ashurovich Ashurov (1950-yil 22-mart, Dushanbe, Tojikiston SSR2007-yil 26-iyul) – rus harbiy arbobi va qoʻmondoni. General-leytenant (2000), Rossiya Federatsiyasi Qahramoni (2000). 2007-yil 26-iyulda vafot va Volgograd shahridagi Dimitrievskoye qabristoniga dafn qilingan. Qahramonning nomi Volgograd Harbiy va Mehnat shon-sharafi zalida abadiylashtirilgan.

SSSRda harbiy xizmat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhriddin Ashurov 1968-yilda SSSR Qurolli Kuchlari safiga kirgan. 19681972-yillarda Chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurtida tahsil olgan. Keyinchalik tank va motooʻqotar boʻlinmalarga qoʻmondonlik qilgan. 19791981-yillarda Afgʻonistonda sovet qoʻshinlari kontingenti tarkibida jang qilgan.

Ashurov 1981—1984-yillarda bronetank qoʻshinlari harbiy akademiyasida tahsil olib, uni muvaffaqiyatli tugatib, 1984-yildan Germaniyadagi sovet qoʻshinlari guruhida tank polkining shtabi komandiri lavozimlarida xizmat qilgan. 1982-yildan boshlab motooʻqotar diviziyaning raketa qoʻshinlari va artilleriya boshligʻi, O'rta Osiyo harbiy okrugining raketa qoʻshinlari va artilleriya shtabi boshligʻining oʻrinbosari lavozimida ishlagan. U 1989-yildan Belarus harbiy okrugidagi tank polkiga qoʻmondonlik qiladi.

Rossiya Federatsiyasida harbiy xizmat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhridin Ashurov Tojikistonda milliy yarashuv jarayonining faol ishtirokchisi boʻlgan. 1991-yilda polkovnik Ashurov Tojikistonda joylashgan 201-motooʻqotar diviziya komandiri etib tayinlanadi. U 1992-yil noyabr oyida Tojikiston Davlat kengashi raisining oʻrinbosari lavozimiga erishadi, ammo bir necha kundan soʻng Rossiya qoʻshinlarining mintaqadagi neytral maqomiga rioya qilish maqsadida ushbu lavozimdan isteʼfoga chiqishini eʼlon qiladi. Shuningdek, Rossiya chegarachilari bilan birgalikda Ashurov boshchiligidagi 201-motooʻqotar diviziya qoʻshni Afgʻonistondan banditlar kirib kelishi va oʻsha paytda Afgʻoniston chegarasi orqali MDH mamlakatlariga giyohvand moddalarni ommaviy ravishda oʻtkazishga qarshi kurash olib boradi.

1993-yilda Ashurov muvaffaqiyatli harbiy xizmat tufayli Tojikistondan chaqirib olinadi va Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi harbiy akademiyasiga tinglovchi sifatida oʻqishga yuboriladi. Oʻqishni tugatgandan soʻng, 1995-yilda Shimoliy-Kavkaz harbiy okrugi (Volgograd) 8-gvardiya armiya korpusi komandirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlanadi. Korpus qismlariga boshchilik qilib, 19941996-yillardagi Birinchi Chechen urushida qatnashgan.

1998-yilda Shimoliy-Kavkaz harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondonining jangovar tayyorgarlik boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlanadi. Ushbu lavozimda chechen jangarilarining Dogʻistonga hujumini qaytarishda, 1999-yil kuzida Chechen Respublikasi hududida Rossiya qoʻshinlarining hujumida ishtirok etgan. 1999-yil dekabr oyida Chechenistonning togʻli hududlarida faoliyat koʻrsatayotgan „Janub“(rus: „Юг“) harbiy guruh qoʻmondoni etib tayinlangan.

Ashurov Muhridin Ashurovichning Shimoliy Kavkazda terrorga qarshi operatsiya davomida koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2000-yil 23-martdagi 549-son Farmoni bilan Rossiya Federatsiyasi qahramoni unvoniga sazovor boʻladi.

2002-yildan 2004-yilgacha Suriya Arab Respublikasi Mudofaa vaziri va Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshligʻi huzuridagi Bosh harbiy maslahatchi lavozimida xizmat qildi.

Muhriddin Ashurov 2005-yilda yoshiga yetgani sababli zaxiraga olingan.

Itum-Kalin desanti (rus: Итум-Калинский десант)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shimoliy Kavkazda aksilterror operatsiyasi davomida Itum-kalin desanti deb nomlangan operatsiya oʻtkazilgan.

1999-yil dekabr oyida Ashurov Chechenistonning togʻli hududlarida faoliyat koʻrsatayotgan „Janub“ harbiy guruhi qoʻmondoni etib tayinlanadi. Uning qoʻmondonligi ostida Gruziya chegarasiga qoʻshinlarni tushirish va chegara qoʻshinlari qismlari bilan birgalikda Argun vodiysini nazoratga olish boʻyicha desant operatsiyasi oʻtkaziladi.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayoli – Tatyana, bolalari – Yelena (1975-yil 26-sentabrda tugʻilgan) va Nadejda (1979-yil 25-iyulda tugʻilgan), nabiralari – Aleksandra (1994-yil 24-iyunda tugʻilgan), Anastasiya (1998-yil 29-mayda tugʻilgan), Mixail (2004-yil 28-fevralda tugʻilgan).

Iqtibos[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ashurovning eng mashhur soʻzlari uning ikkinchi chechen urushi davomida Chechenistonning oʻsha paytdagi prezidenti Aslan Masxadovga yoʻllagan bayonotidir:

"Men siz tomon ketyapman! Kutib oling! Jang maydonida erkaklar kabi uchrashamiz!"

Muhridin Ashurovich Ashurov

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]