Muharram
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muharram (arab. - taqiqlangan, muqaddas) - arablarning Oy taqvimida, shuningdek, musulmonlarning hijriy yil hisobida birinchi oy. Muharram islomdan ilgari ham arablarda muqaddas oy hisoblangan, bu oyda qabilalar o‘rtasidaga urush-janjallar va qon to‘kishlar taqiqlangan. Bu Muharram oyining nomidan ham ko‘rinib turadi. Islomda Muharram urush man qilingan to‘rt oyning biridir.
| Islomiy taqvim |
|
Muharram | Safar | Robi' ul-avval | Robi' ul-oxir | Jumad ul-avval | Jumad ul-oxir | Rajab | Sha'bon | Ramazon | Shavvol | Zul-qa'da | Zul-hijja |