Muhammad ash-Shoshiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad ash-Shoshiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1038-yil (hijriy 429--yil)
Vafoti milodiy 1114-yil (hijriy 507-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih

(Abu Bakr) Muhammad ibn Ahmad ibn al-Husayn ibn Umar ash-Shoshiy, at-Turkiy, ash-Shofiʼiy ((Muharram oyi Mayoforiqinda hijriy 429-yil (milodiy 1038-yil)da tug‘ilib, hijriy 507-yil shavvol oyi (milodiy 1114-yil) Bag‘dodda vafot etgan) — „al-Mustazhiriy“ nomi bilan tanilgan faqih. So‘ngra Bag‘dodga kelgan. Bir jamoa talabalar undan taʼlim olib, kamolot kasb etgan. Nizomiya madrasasida o‘quv bilan bog‘liq ishlarni boshqargan. U Shayx Abu Isʼhoq ash-Sheroziy qabrining yoniga dafn etilgan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Hilyatu-l-ulamo fi mazohibi-l-fuqaho“ („Faqihlarning mazhablari haqida ulamolarning ziynati“, muallif uni xalifa al-Mustazhirga bag‘ishlab yozgan va „al-Mustazhiriy“ deb nomlagan, 2 jildli);
  • Sharhu muxtasari-l-Muzniy“ („Muzniyning muxtasariga sharh“, muallif uni „ash-Shofiy fisharhi-l-komil“ deb nomlagan, 20 katta jildda);
  • at-Targ‘ib“ („Targ‘ib“);
  • al-Umda“ („Tayanch“);
  • al-Muʼtamid“ („Ishonchli manba“)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 140 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.