Muhammad al-Abbodiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad al-Abbodiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1066-yil (hijriy 458-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih, imom

(Abu Osim) Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Ibod, al-Ibodiy al-Hiraviy (hijriy 458-yilning shavvol oyi (milodiy 1066-yil)da vafot etgan) — shofiʼiy faqih, noziktaʼb va isteʼdodli imom bo‘lgan. Yurt kezgan, ko‘p mashoyixlar bilan uchrashib, ularning saboqlarini olgan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ko‘p foydali kitoblar, jumladan, quyidagi asarlarni tasnif qilgan:

  • Adabu-l-qozi“ („Qozilik odobi“);
  • al-Mabsut“ („Mufassal kitob“);
  • al-Hodiy ila mazhabi-l-ulamo“ („Ulamolar mazhabiga boshlovchi kitob“);
  • Kitobu-r-raddala-s-Samʼoniy“ („Samʼoniyga raddiya tarzida yozilgan kitob“);
  • Kitob latif fi tabaqoti-l-fuqaho“ („Faqihlarning tabaqasi haqida latif kitob“)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 122 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.