Muhammad Yoqubbiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad Yoqubbiy
Qoʻshbegi
Mansab davri
1860 – 1870
Hukmdor Amir Muzaffar
Oʻtmishdoshi Azizbiy
Vorisi Muhammadbiy
Gʻuzor bekligi hokimi (bek)
Mansab davri
1869 – XIX asr oxiri
Hukmdor Amir Muzaffar
Oʻtmishdoshi Said Abdumalik
Vorisi Said Akrom
Kattaqoʻrgʻon bekligi hokimi (bek)
Mansab davri
XIX asr 60-yillari – 1868
Hukmdor Amir Muzaffar
Vorisi Umarbek
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Buxoro amirligi

Muhammad Yoqubbiy — Buxoro amirligining davlat va harbiy arbobi, qoʻshbegi (1860—1870)[1]. Qoʻshbegi amir Muzaffarning dastlab quli, soʻngra eng yaqin kishisi boʻlgan[1][2].

Siyosiy va harbiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amir Muzaffar davrida Muhammad Yoqubbiy Kattaqoʻrgʻon va Gʻuzor bekliklariga hokim etib tayinlanadi. 1866—1868-yillarda rus qoʻshinining Buxoro amirligiga qarshi harbiy yurishidan oldin Muhammad Yoqubbiy Buxoro qoʻshiniga bosh qoʻmondon etib tayinlanadi. Tarixchi Ahmad Donish Muhammad Yoqubbiyga shunday taʼrif bergan[2]:

Bu inson umri davomida miltiq ovozini eshitmagan, jang maydonini koʻrmagan, shuning uchun qoʻshinning eng kichigi boʻlgan navkarlar ham uning qoʻshinga sarkarda ekanligidan hijolatda boʻlishardi.

1868-yilda Rossiya-Buxoro shartnomasining imzolanishi va Buxoro amirligi uchun ogʻir shartlar qabul qilinishi ortidan xalqning amir Muzaffar siyosati nisbatan noroziligi kuchaydi. Oʻsha yilning kuzida Buxoroda otasi taxtini egallashga uchun Said Abdumalik boshchiligida qoʻzgʻolon koʻtariladi. Amir yordam soʻrab, general-leytenant Konstantin fon Kaufmanga murojaat qiladi, Kaufman yordam koʻrsatish uchun Buxoroga general Aleksandr Abramov qoʻmondonligida qoʻshin yuboradi. Abramov va Toʻxtamish inoq qoʻmondonligidagi birlashgan qoʻshinning artilleriyasiga boshliq etib Muhammad Yoqubbiy tayinladi. Qoʻshin tomonidan 1868-yil 27-oktyabrda Qarshi egallanadi. Shundan soʻng amir Muhammad Yoqubbiy boshchiligidagi qoʻshinni Chiroqchini egallashga joʻnatadi[3]. Qoʻzgʻolon bostirilgandan soʻng amir qoʻngʻirot va saroy urugʻlarining isyonkor kishilarini jazolash maqsadida Sherobodga Said Abdulmoʻmin va Muhammad Yoqubbiyni yuboradi. Sherobodni egallab, qoʻzgʻolonchilarni munosib jazolagan qoʻshbegi undan soʻng Denovni egallaydi. Denov orqali Hisori Shodmonga yoʻl olib, ikkinchi marta Hisor bekligini toʻliq Buxoro amirligiga qoʻshib oladi, katta qoʻshin bilan Koʻlobga harbiy yurishni davom ettiradi. Muhammad Yoqubbiy Koʻlob bekligini egallagandan soʻng, beklikga tegishli barcha mol-mulkni olib, qoʻshin bilan Gʻuzorga qaytadi va oʻsha yerda qoladi. Mirzo Abdulazim Somiy maʼlumotiga koʻra, qoʻshbegi va boshqa baʼzi gʻulomlar hukmdorga katta taʼsir oʻtkazishgan, ularning ruxsatsiz boshqalar biron-bir ishga aralashishga jurʼat qilisha olishmagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Mirza Salimbek. „Tarixi Salimiy“ (rus tilida). Toshkent. Akademiya (2009). 2022-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-noyabr.
  2. 2,0 2,1 Ahmad Donish. „Tarixi saltanati xonadoni mangʻitiya“ (rus tilida). Dushanbe. Donish (1967). 2022-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-noyabr.
  3. Mirzo Abdulazim Somiy Boʻstoniy. „Tarixi salotini mangʻitiya“ (rus tilida). Moskva. Izdatelstvo vostochnoy literaturi (1962). 2022-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-noyabr.