Mizanji Murod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mizanji Murod
Tavalludi 1854[1]
Vafoti 15-aprel 1917
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Gazeteci, fikir adamı, tarihçi ve yazar

Mehmet Murod Bey, Mizanji Murat (1854, Dogʻiston – 1917-yil 15-aprel, Istanbul), turk siyosatchisi, jurnalist, tarixchi va yozuvchi.

Mehmet Murod Bey Konstitutsiyaviy monarxiya davrining muhim ziyolisidir. Mehmet Murod Beyning nomi 1886-yilda nashrlarda paydo boʻla boshlanadi. Nashrlarda u t taxallusi „Mizanji Murat“ bilan mashhur boʻldi. U mamlakatda konstitutsiyaviylik eʼlon qilinishi uchun kurashgan ziyolilardan biri edi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mehmet Murod Bey 1853-yilda Dogʻistonning Huraki qishlogʻida tugʻilgan. Otasi Hoji Mustafo afandi.[2] Dogʻistonlik ozodlik uchun kurashuvchi Hojimurot sharafiga unga Murat ismi qoʻyilgan.[3] Mehmet Murod Bey 1864-yilda boshlangʻich maktabni tugatgandan soʻng oʻqishni davom ettirish naqsadida Sevastopolga joʻnab ketadi. 1873-yili Sivastapol oʻrta maktabini tugatgach, Istanbulga qaytib keladi. Moliya vaziri Dogʻistonli Shirvanizoda Rushtu poshoning saroyiga joylashdi va uning himoyasida boʻldi.[2][4]

Rus va fransuz tillarini biladigan Mehmet Murat Tashqi ishlar vazirligi Matbuot boshqarmasida (Tashqi ishlar vazirligi Matbuot va nashrlar boʻyicha maslahat) tarjimon boʻlib ih boshlaydi. 1877-yilda Hilmi Mollaning qizi Hasibe Xonim bilan turmush quradi.[4] 1877-yilda davlat xizmati maktabida tarix va geografiya dars beradi. 1880-yilda Darulmualliminda tarix darslar bera boshlaydi. Mehmet Murod Bey shu maktabda direktor lavozimida ham faoliyat olib boradi. 1882-yilda u Maorif vazirligining taftish hay’ati aʼzosi etib tayinlandi.

1876-1877-yillarda „Vakit“ va „Ittihod“ gazetalarida muntazam ravishda siyosiy mavzularda doimiy maqola berib boradi. 1886-yilda „Mizan“ gazetasi faoliyatini yoʻlga qoʻyib chiqarishni boshlaydi. U oʻz asarlarida erkinlik va konstitutsiyaviylikni doimi taʼkidlab kelgan. Rahbariyatni doim tanqid qilishi Mehmet Murod Bey kuzatilishiga va qattiq bosimlarga uchrashiga olib keldi. Shu sababli Mehmet Murod Bey 1890 yilda „Mizan“ni nashr qilishni toʻxtatdi.

Mehmet Murod BeyAvtobiografik xususiyatga ega Turfanda yoki Turfa? romani 1892-yilda nashr etilgan. Romanda Usmoniylik va islomiylik gʻoyalari markazida boʻlgan tanzimat ziyolilari haqida soʻz yuritib, oʻsha davrdagi qashshoqlik, qarindosh-urugʻchilik, davlat idoralaridagi qarindosh-urugʻchilik, nohaq lavozim oshishlari, axloqsiz va iflos ishlar haqida toʻxtalib oʻtgan edi.

1895-yil noyabr oyi oxirida Sevastopol orqali Dogʻistonga, u yerdan Kiev – Vena orqali Parijga borgan Mehmed Murod surgun qilingan yoki xorijda boʻlgan Yosh turklar bilan aloqa oʻrnatadi. Keyinroq u Londonda bosh vazir Lord Solsberi va arman qoʻmitasi aʼzolari bilan uchrashib, arman masalasiga yechim topish umidida boʻldi, ammo hech qanday natijaga erisha olmadi.[2][3]

1908-yilda II. Konstitutsiyaviy monarxiya eʼlon qilinishi bilan u oʻz lavozimini tark etdi va yana Mizan gazetasi faoliyatini qayta tiklaydi. Oʻsha yili u "Mücahede-i Milliye" nomli xotiralarini nashr etirishga erishadi.[3] Biroz vaqt oʻtgach, uning gazetasi yopildi va uni hibsga olishdi. Ittifoq va taraqqiyot qoʻmitasiga qarshi boshlangan 31-mart qoʻzgʻolonida ishtirok etgani iddao qilindi Harbiy holat sudida sudlangandan soʻng, u umrbod qamoq jazosi bilan Rodosga surgun qilindi.[2] Taxminan toʻrt yilni Rodos va Lesbosda oʻtkazdi. Shu bilan birga, Mehmet Murod Bey Usmonli tarixining yetti jildlik „Tarih-i Ebulfaruk“ boʻlimini oʻzi Köprülüs boʻlimi bilan birga oʻn ikki jild qilib yaratgan.[3]

Mehmet Murod Bey umumiy amnistiyadan foydalanib ozodlikka chiqad hamda 1912-yilda Istanbulga qaytib keldi. Davolanish uchun Shveytsariya va Fransiyada bir muddat boʻlganidan soʻng Istanbulga qaytib keladi.[4] U bir qancha gazeta va jurnallar chiqarishda davom etib, Ittifoq va taraqqiyot qoʻmitasiga qarshi chiqdi. U 1917-yil 15-aprelda Anadolu Hisaridagi qasrida vafot etgan.

Faoliyat olib borgan joylari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Tarih-i Umumiy (4 c, 1880-1882)
  • Muhtasar Tarih-i Umumiy (1885)
  • Muhtasar Tarih-i Islom (1890)
  • Devr-i Homidiy asarlari (1891)
  • Turfandami yoki Turfami? (1892)
  • Le Palais de Star va Sublime Port (1896)
  • Mudofaa maqsadida zoʻrlash (1896)
  • La Force et la Faiblesse de la Turquim (1897)
  • Hurriyat vodiysida despotizm panjasi (1908)
  • Mucahede-i Milliye (1908)
  • Qozon agʻdarib, qopqogʻini topdi (oʻyin, 1908)
  • Tarih-i Ebulfaruk (7c, 1909-1916)
  • Despotizm vayronalarida kambagʻallarning tasallisi (1911)
  • Shirin istaklar, achchiq haqiqatlar (1912)
  • Taharri-yi İstikbal (2 c, 1913-1914).

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Osmanlılar Ansiklopedisi, Mizancı Murad maddesi“. 11 kasım 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29 kasım 2010.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Portre:Mizancı Murad, Risale-i Nur Enstitüsü Sitesi“. 12 nisan 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11 nisan 2020.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Şehir Yayınları Sitesi, Mizancı Mehmet Murat sayfası“. 27 aralık 2010da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29 kasım 2010.