Mirjahon Mirahmadov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mirjahon Mirahmadov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mirjahon Mirahmadovich Mirahmadov
Tavallud sanasi 15-iyul 1997-yil (1997-07-15) (26 yosh)
Tavallud joyi Toshkent Oʻzbekiston
Boʻyi 185 cm (6 ft 1 in)
Vazni 86 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
OKMK
Raqami 14
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016—2022 Bunyodkor 75 (20)
2017   Obod 4 (0)
2022 Paxtakor 8 (0)
2022— OKMK 37 (6)
Milliy terma jamoa
2017 Oʻzbekiston U20 1 (0)
2019—2020 Oʻzbekiston U23 10 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Mirjahon Mirahmadov (inglizcha: Mirzhakhon Mirakhmadov; 1997-yil 15-iyul[1], Toshkent, Oʻzbekiston) — Oʻzbekistonlik futbolchi. AGMK futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bunyodkor (2016)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mirahmadov 2016-yil Bunyodkor safiga qoʻshildi[2].

Obod (2017–2018 ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bunyodkordan ijara asosida oʻtgan Mirahmadov Obod safida 2017-yillarda toʻp surdi. 2017-yilda umumiy 3 ta oʻyinda 54 daqiqa maydonda oʻynadi. 7ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bunyodkor (2019–2022)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil Mirahmadov ijaradan qayti va 2019-yilgi mavsumda 7ta gol urdi. 1853 daqiqa oʻynab birorta ham golli uzatma amalga oshira olmadi. Vadim Abramov boshchiligidagi Bunyodkor klubi va Mirahmadov 2019-yil bronza medali hamda OCHL yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi. Mirahmadov mavsum oʻyinchisi boʻldi[3][4].

Paxtakor (2022)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paxtakorga qarshi 4 marta gol urgan urgan Mirahmadov 2022-yil boshida erkin agent sifatida sherlar bilan ikki yillik shartnomani imzoladi[5]. „Navbahor“dan ham taklif boʻlgan edi[6]. 2022-yilda klubda yarim mavsum oʻynadi[7]. Hujumchi „sherlar“ safida Superligada 8 ta uchrashuvda maydonga tushgan edi. Ichki chempionatda raqiblar darvozasini ishgʻol qila olmadi. Osiyo chempionlar ligasida doirasida 3 ta oʻyinda maydonga tushdi va faqat „Al-Taavon“ga qarshi oʻyinda 1ta gol urdi[8][4][9].

AGMK (2022–)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erkin agent maqomida boʻlgan hujumchi Mirjahon Mirahmadov AGMK futbol klubi bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi[10]. Lokomotiv klubiga qarshi dubl qayd etdi.

2024-yilgi mavsum boshida AGMK jamoasi bilan hayrlashganidan so'ng "Bunyodkor" jamoasi bilan shartnoma imzolagan[11][12].

Terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston U20 terma jamoasida 1 ta oʻyinda maydonga tushgan. Oʻzbekiston U23 terma jamoasi safidagi ilk debyutini 2019-yil 22-mart kuni Hindistonga qarshi bahsda oʻtkazgan[13][14].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mirahmadov Edinson Kavani, Zlatan Ibrahimović va Luis Suárezning muxlisi[3].

Faoliyat stasistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klublarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub safida musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar statistikasi
Klub Mavsum Liga Oʻzbekiston kubogi Boshqa Osiyo Chempionlar ligasi Jami Manba
Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol
Bunyorkor 2016 0 0 0 0 3 0 [15]
2017 3 0 0 0
Obod (ijara) 2017 4 0 7 0
Bunyorkor 2018 11 2 2 0 0
2019 25 7 3 1 7
2020 16 3 1 1 0 0 4
2021 20 8 4 1 9
Jami 64 18
Paxtakor 2022 8 0 3 1 2
AGMK 2022 12 4 3 1 3
2023 25 2 5 2 7 2
Jami 87 21 7 3 10 3 25

Terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Terma jamoa Ishtirok Gollar
2017 Oʻzbekiston U20 1 0
2019—2020 Oʻzbekiston U20 10 0
Jami 11 0

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bunyodkor: Oʻzbekiston Superligasida bronza medali (2019-yil);

Bunyodkor: Superliganing 2019-yil mavsum oʻyinchisi (2019-yil);

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Mirjahon Mirahmadovni tabriklaymiz“ (2018-yil 17-iyul).
  2. „Yoshlar ligasi. 7ta turdan keyin to'purarlar kim?“ (2018-yil 18-aprel).
  3. 3,0 3,1 „Yakunlangan mavsum kashfiyoti Mirjahon Mirahmadov bilan suhbat“ (2019-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  4. 4,0 4,1 „Rasman! Mirjahon Mirahmadov - "Paxtakor" futbolchisi“ (2022-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  5. „Rasman: Mirjahon Mirahmadov - "Paxtakor" futbolchisi“ (2022-yil 5-yanvar).
  6. „"Bunyodkor"ning taklifini kutdim yoxud "Paxtakor"ga o'tgan Mirjahon Mirahmadovning fikrlari“ (2022-yil 8-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  7. „Mirjahon Mirahmadov "Paxtakor"dan ketdi“ (2022-yil 21-iyul).
  8. „Mirjahon Mirahmadov "Paxtakor"dan ketdi“ (2022-yil 21-iyul). Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  9. „Mirjahon Mirahmadov“. Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  10. „Rasman: Mirjahon Mirahmadov AGMK futbolchisi!“ (2022-yil 22-iyul). Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  11. „Миржаҳон Мираҳмадов қайси жамоага ўтгани маълум“ (2024-yil 5-yanvar).
  12. „Яна бир “қалдирғоч” уйига қайтди!“ (2024-yil 5-yanvar).
  13. „U-23 Osiyo chempionati: Oʻzbekiston – Janubiy Koreya 1:2“ (2020-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  14. „#99 Mirzhakhon Mirakhmadov“ (Ingliz tilida). Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  15. „Mirjahon Mirahmadov“. Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]