Mihrimah Sultan masjidi (Edirnekapi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
{{{yapı_adı}}}
Temel bilgiler
Meʼmor
Xususiyatlari

Mihr-î-Mah Sulton masjidi Istanbulning Karagümrük tumanidagi Edirnekapi qismidagi shahar devorlari yonida joylashgan masjiddir. Uning homiysi ( buyurtmachisi) Sulaymon podshohning qizi Mihrimah Sulton edi. U 1563-1566 - yillarda Memar Sinan tomonidan qurilgan[1].

Toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi masjid atrofida madrasalar, maktablar, qabr va hammomlar joylashgan. Balandligi 37 m boʻlgan gumbaz uchta peshtoqqa tayangan boʻlib, har tarafida ikkitadan ustun, uchta gumbaz va oʻng va chap tarafda yana boʻlimlar mavjud. Mehrob va minbar toshdan yasalgan.

Edirnekapi Mihr-î-Mah masjidi gumbazi.
masjid ichi

Masjidning katta hovli darvozasidan tik zinapoyalar bilan ko‘tarilganda, o‘ng tomonida madrasalar, uning qarshisida 7 gumbazli, 8 ta marmar granit ustunli jamoat namoz yeri bor. Favvora ular orasida joylashgan bog'chada, minorasi o'ng tarafdadir. Hammom ko'chaning chetida joylashgan. 1999-yilgi zilzila oqibatida vayron boʻlgan masjidni taʼmirlash ishlari bugungi kunga kelib yakunlangan. Masjidni qurish uchun taxminan 3 yil vaqt ketgan. Yaqinda qurib bitkazilgan restoran qurilishi 11 yil davom etdi.

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Edirnekapı Camii ve Külliyesi“. TDV İslam Ansiklopedisi. 13 ağustos 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20 mayıs 2023.