Mexanoretseptorlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mexanoretseptorlar (yun. mechano — mashina va retseptorlar) — sezuvchi nerv oxirlari; tashqaridan boʻladigan (tuygʻu, ogʻriq, eshitish va boshqalar) yoki ichki organlarda vujudga keladigan mexanik taʼsirotlarni qabul qiladi. M.ga baroretseptorlar, proprioretseptorlar, tuygu retseptorlari (odam va hayvonlarning teri yuzasida boʻladi), vestibuloretseptorlar kiradi (ular odam va hayvonlar ichki qulogʻining vestibulyar apparatipya joylashgan boʻlib, tezlanish, vibratsiya tufayli gavdaning fazodagi vaziyati oʻzgarishini taʼminlaydi).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil