Mavlono Xojagiy Imkanagiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mavlono Xojagiy Imkanagiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi soʻfiy

Mavlono Xojagiy Imkanagiy(arabcha:مولانا خوجاجي إمكاناجي — Mavlono Xojagiy Imkanagiy(vafoti 1600-yil)) — soʻfiy.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavlono Xojagiy Imkanagiy Kitob tumanining Xo'jailmkoni qishlog'ida yashagan mashhur Naqshbandiy shayxlaridan biri boʻlib, tariqatdagi silsilasi otasi Shayx Mavlono Darvesh Muhammad Siy Imkanagiydan (vafoti 1562-yil) boshlanadi.Kitob tumani 44-maktab:

Mavlono Abdulboqi  Xojagiy Imkanagiy

Xo‘jailmkoni qishlog‘ining nomi  Mavlono Abdulboqi  Xojagiy Imkanagiy  nomlari bilan bog‘liq. Mavlono Abdulboqi  Xojagiy Imkanagiy 1512 yil (hijriy 918 yil)  da  Xo‘jailmkoni qishlog‘ida tug‘ilganlar. Shu qishloqda 1600 yil (hijriy 1008 yil) vafot etganlar.

Mavlono Xojagiy Imkanagiy naqshbandiya tariqatining ulug‘ vakili, oltin silsilaning katta halqasidan biridirlar. Otalari ulug‘ Shayx  Darvesh Muhammad Vaxshuvoriy. Otalari Xo‘jaisparoz qishlog‘ida dafn qilinganlar. Mavlono Xojagiy Imkanagiy otasi haqida "Intixob az kitobi „An-nasama“ („Nasama“ kitobidan parcha") nomli asarida yozgan. Naqshbandiya tariqatining  Hindistonda vujudga kelgan mujaddiya yo‘nalishining namoyandasi Imom Rabboniy quddisa sirruhuning piri murshidi Xoja Boqiy Billoh quddisa sirruhuning ustozi hisoblanadilar.  Samarqan va Buxoro shahridagi o‘z davrining yirik madrasalarida ta’lim olganlar. Tasavvufiy   tarbiyani otalari Darvesh Muhammaddan o‘rganganlar . O‘sha davrning hukmdorlaridan Abdulloxon bilan yaqin munosabatda bo‘lganlar. Manbaalarda keltirilishicha Mavlono  Hojagiy Imkanagiyning odilona maslahatiga kirmagan so‘nggi Shayboniy hukmdor Pirmuhammad Samarqand taxti uchun bo‘lgan urushda yengiladi va o‘ldiriladi. harafuddin Roqimiy oʻzining „Tarixi tomm“ nomli asarida bu zot haqida shunday yozadi: „Hazrati qutbu-l-aqtob mavlono Mavlono Xojagiy Imkanagiy (q.s.) Hazrati Mavlono Darvesh (q.s.)ning toʻngʻich oʻgʻillari va farzandi arjumandlaridir. Ul zot oʻz sohibi hollari Hazrati Mavlono Muhammad Zohid xalifa, irodat qoʻllarini qutbu-l-aqtob, zubdatu-l-avliyo, xulosatu-l-atqiyo, qudvatu-l-abror, usvatu-l-axyor Hazrati Xoja Ahpop (q.s.), pok etaklariga urgan va asʼhobi kirom, xulafoi humomlariga aylangan, kamol martabasiga erishgan edilar. Hazrati Mavlono Xojagiy (q.s.)ning muridlari koʻpdir, har biri komil boʻlib, mamlakat viloyatining valiysi edilar…

Mavlono Abdulboqi  Xojagiy Imkanagiy   davrida Imkana qishlog‘i Movaraunnaharning ma’rifiy va madaniy markazlaridan biriga aylangan.     O‘z davrida O‘rta Osiyo, Hindiston, Xuroson, Turkiya xalqlari Xojagon Naqshbandiya yo‘lidagi tasavvuf tarbiyasini Mavlono   Hojagiy Imkanagiy  maktabidan olganlar. U kishi tashkil etgan madrasada fiqh va hadis ilmlari bilan birga  dunyoviy bilimlar ham  o‘qitilgan.

Mavlono Xojagi Imkanagiy  dahmasi

Dahma xonaqohning ro‘parasida 20 metr sharq tomonida joylashgan. Uning maydoni kvadrat shaklida. Hamma tomoni 11,2 metr, balandligi   2 metrdan oshiqroq. Qabr marmar toshlar bilan aylantirib o‘ralgan. Ustki maydoni pishiq g‘isht bilan qoplangan. Ushbu dahmaning ustida ikkita qabr tosh bor. Shimol tomondagisi Xojagiy Imkanagiyning qabrlari, janub tomonida  farzandlari Xoja Abul Qosimning  qabrlari joylashgan (melodiy 1613 yida vafot etganlar) . Qabr toshlaridagi yozuv nasx-suls xatida yozilgan.  Toshning shimol tomonida uning chetlariga aylantirilib, Ollohning turli sifatlarini anglatuvchi 33 ta ismi yozilgan. Past qismida esa to‘qqiz qator yozuvda qabr sohibi haqida ma’lumot berilgan.

X o n a q o h

  Mavlono   Hojagiy Imkanagiy hayotlik vaqtlaridayoq qishloqda qurilish ishlari boshlab yuborilgan. Vafotlaridan so‘ng farzandlari Xoja Abul Qosim boshchilik qiladilar. Bir necha yillar davomida bu yerda yirik me’moriy inshoatlar  majmui qurib bitkaziladi. XYII asrning birinchi choragida bunyot etilgan bu binolar nihoyatda did va mahorat bilan  qurilgan edi. Hozirgi vaqtda bizgacha yetib kelgan obidalardan biri bu Mavlona Xojagi Xonaqosi  hisoblanadi. Ushbu Xonaqoh Mavlono Abul Qosim mablag‘lari hisobidan 1601-1602 yillarda bunyot etilgan.                               

Xonaqoh to‘g‘ri to‘rt burchak shaklida qo‘rilgan bo‘lib 24 x 20,2 metr o‘lchamga teng. Xonaqohning ichki qismi    11,8 x 11,8 kv metr. Usti gumbaz shaklida berkitilgan. Gumbazning diametri 6,0 x 4,0 bo‘lib asosiy zalidan ikki marta kichik. Xonaqohga naqsh koshinlari bilan bezatilgan  eshiklar orqali uch tomonidan kirish mumkin. Xonaqohning yuqori qismiga  uch tomonidan g‘ishtli zinapoya orqali chiqish  yo‘lagi qurilgan. Hozirgi vaqtda mahalliy aholi tomonidan  Xonaqohni ustki qismi oq tunuka    bilan yopilganligi  uchun  chiqish yo‘lagi to‘sib qo‘yilgan.

KORIZ

Mavlono Xojagiy Imkanagiy diniy ilmlar bilan birga dunyoviy ilmlarni ham yaxshi bilgan. Rivoyatlarga koʻra, u koriz usulida suv chiqarib, balandlik yerlarni sugʻorishni yoʻlga qoʻygan. Ana shu fazilatlari tufayli „Xoʻjai ilm koni“ degan nom olgan. Xo‘jailmkoni qishlog‘ida  bir-biri bilan tutashtirilgan 13 ta yer osti Korizi mavjud (mahalliy aholi tili Kovruz deyiladi).  Koriz hozirgi vaqtda ham   Xo‘jailmkoni qishlog‘ida joylashgan 800 ga yaqin xonadonlarni suvi bilan ta’minlab kelmoqda.  O‘zbekiston hududida yagona  foydalanilayotgan  Koriz hisoblanadi

KORIZ forschadan — yer osti suvlarini yig‘ish va ularni yer yuzasiga chiqarish uchun quriladigan yer osti inshooti bo‘lib, aholini suv bilan ta’minlash va sug‘orish maqsadlarida qo‘llaniladi. Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyoda tarqalgan. S Sanai 1010/1600-yilda Hazrati Mavlononing purfutuh ruhi muboraklari tan savmiʼasidan oliy olam xonaqohiga olib ketildi. Munavvar qabrlari Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Xo'jailmkoni qishlog'idadir.[1] Mazkur asarda qayd etilishicha, Mirzo Moʻmin Munshiy Mavlono Xojagiy Imkanagiy vafotiga shunday tarix bitgan:

Qutbi oliyqadr mullo Xojagin koni safo,
On ki tuxmi nekui juz dar dili mardum nakisht.
Raft az olam javon gʻavvosi bahri maʼrifat..,
Baski bud on qutbi olam, nekxoqi mardumon,
Haq taolo dod oʻro joy dar mulki bihisht.
Shayxi ahli din chu bud on muqtadoi roʻzgor,
„Shayxi ahli din“ qazo taʼrixi favti oʻ navisht.

Mazmuni:

Oliyqadr qutb mullo Xojagay safo konidir,
Olamlar diliga yaxshiliqdan oʻzga narsa ekmadi.
Ul maʼrifat dengizi gʻavvosi olamdan yosh ketdi…
U olam qutbi, odamlarga yaxshilik tilovchi zot edi,
Haq taolo unga bihisht mulkidan joy berdi.
Din ahli shayxi, zamon muqtadosi edi,
Qazo uning v.i tarixini „Shayxi ahli din“ (1010-yil) deb yozdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Muhammadiyev N. Nasaf va Kesh allomalari. — B. 70.