Maorif mahallasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maorif
Mahalla
Mamlakat Oʻzbekiston
Mintaqa Margʻilon, Fargʻona
Aholisi
 (2011)
6 389
Vaqt mintaqasi UTC+5
Map
Maorif mahallasi xaritada

Maorif mahallasi — Fargʻona viloyati Margʻilon tumanida joylashgan mahalla. Maorif mahallasining oldingi nomi Podshoh Iskandar. Ushbu mahalla Margʻilon tumanining eng qadimgi mahallalaridan biridir. Qadimda bu hudud Podshoh Iskandar, Saytak, Yong‘oqzor, Ochiq hovuz, Tiloppaz singari katta-kichik turli mahallalardan iborat bo‘lgan[1].

Mahalla fuqarolar yigʻinida 14 ta koʻcha mavjud. Koʻchalar quyidagi nomlar bilan ataladi: Mustaqillik, J.Sultonov, Tillopaz, Zarafshon, Chorbog‘, S.Sheraliev, Ulug‘bek, Shaumyan, S.Ayniy, Lutfiy, Havas, Bozor ko‘cha, Orzu. 2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Maorif mahallasida 1502 xonadon va ularda 6389 mingdan ziyod aholi yashaydi. Mavzeda maktab, bolalar bogʻchasi, shifoxona, 4 sartaroshxona, 1 dorixona, 8 ta novvoyxona, 4 oshxona, 8 ta qassobxona mavjud[2].

Marg‘ilondagi Podshoh Iskandar ham „Iskandar Rumiy“, „Iskandar Yunoniy“, deya talqin etilgan Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr)ning islomlashtirilgan obrazidir. Qolaversa, o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo xalqlari orasida Iskandar Zulqarnayn shaxsining g‘oyat mashhurligi o‘z navbatida unga bag‘ishlab joylarda ziyoratgohlar barpo etishning muhim omillaridan biri bo‘lgan.

Mazkur mozor haqida dastlab maʼlumotlar 1812—1813-yillarda Qo‘qon xonligiga tashrif buyurgan Mir Izzatullo va Filipp Nazarovning kundaliklarida keltirib o‘tilgan. Rus zobiti F. Nazarov Marg‘ilon haqida so‘z yurtitar ekan Podshoh Iskandar mozoriga toʻxtalib o‘tadi: "Shaharning o‘rtasida ochiq ibodaxona shaklida ko‘rinishidagi bino qad ko‘targan. Uning ichida qizil rangli shoyi bayroq qo‘yilgan. Qo‘qonliklar uni muqaddas deb bilishadi. Afsonaga ko‘ra, bayroq Podshoh Iskandar (Aleksandr Makedonskiy)ga tegishli bo‘lib, u Hindistondan qayta turib qumliqda vafot etgan va shu yerga dafn etilgan[3].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Burhoniddin Marg‘inoniy mahallasi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Tojimuhammadxo'ja Foziljon o'g'li. Maorif gulshani. Farg'ona, 2008. 
  2. Nodirbek Abdulahatov, O'ktamjon Eshonboboyev. Marg'ilon mahallalari tarixidan. Andijon nashriyot matbaa MChJ, 2012 — 81 bet. 
  3. Filip Nazarov. Zapiski o nekotorыx narodax i zemlyax Sredney Azii. Toshkent, Fan, 1988 — 170 bet.