Malomatiylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Malomatiylar (arab. - taʼna axli, taʼnaga qoluvchilar) — sufiylik tarikatlaridan birining tarafdorlari. M. taʼlimotining asosiy qoidalarini Hamdun alkassor (884 yilv.e.) ishlab chiqqan. Al-Muhosibiy (857 yilv.e.), Boyazid Bistomiy va Saxl at-Tustariy (taxminan 818—896) kabi Iroq zohidlarining qarashlari mazkur taʼlimotning shakllanishida muhim rol oʻynagan. M. harakati umuman yagona tashkiliy tuzilmaga ega boʻlmay, mustaqil mahalliy toʻgaraklar shaklida edi. Dastlab Nishopurda yuzaga kelib, gʻarbga — Iroq va Suriyaga, sharqqa — Movaro-unnahr va Turkistonga tarqalgan. M. fikricha, sufiy ezgu amallarini boshqalarga oshkor etmasligi, ular maqtovga emas, balki zarur boʻlsa, taʼnamalomatga ham sabab boʻladigan xatti-harakat qilishi, oʻziga nisbatan gʻazabnafrat uygʻotadigan tarzda hayot kechirishi ayb sanalmaydi. Bu yoʻldan borgan sufiylar odamlar orasida be-odobligi, xunuk qiliqlari, oʻzini yomon tutishi bilan malomat orttirib yurgan. Tariqatning nomi shundan olingan. M. ayrim ruhoniylarning oʻz taqvodorligini boshqalarga pesh qilib, ibodat va marosimlarni yuzaki, namoyishkorona bajo etishiga eʼtiroz bildirishgan. Vaqt oʻtishi bilan M. tariqati yoʻqolib, uning tarafdorlari qolmadi. Bu taʼlimotning baʼzi jihatlari naqshbandiylik tariqatida namoyon boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil