Malmö

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Malmö
Gerb
Gerb
Mamlakat Shvetsiya
Viloyat Skaniya
Okrug Skåne
Munitsipalitet Malmö munitsipaliteti va Burlöv munitsipaliteti
Koordinatalari 55°35′N 13°02′E / 55.583°N 13.033°E / 55.583; 13.033Koordinatalari: 55°35′N 13°02′E / 55.583°N 13.033°E / 55.583; 13.033
Hokim Ilmar Reepalu
Asos solingan 13-asr
Maydoni 158,4[1] km²
Aholisi 303 873[2][3] 
Zichlik 1 937 kishi/km²
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2
Rasmiy sayti http://www.malmo.se/
Malmö (Shvetsiya)
Malmö

Malmö (talaffuzi: Malmoʻ; kir. Малмў) — Shvetsiyaning janubidagi shahar. Aholisi 303 873 kishi (2012). Lund, Trelleborg, Vellinge va boshqa shaharlar bilan Katta Malmö shahar aglomeratsiyasini tashkil etadi. Eresunn boʻgʻozidagi port. Avtomobil paromi orqali Kopengagen shahri (Daniya) bilan bogʻlangan; Trelleborg — Zasnits (Germaniya) temir yoʻl paromi bor. Malmö — mamlakatning muhim sanoat markazlaridan biri. Mashinasozlik (jumladan, kemasozlik), kimyo (rezina buyumlari ishlab chiqarish), trikotaj, oziq-ovqat, sement sanoati korxonalari mavjud. Tarixiy-badiiy muzeyi bor. Shahar ilk bor qoʻlyozmalarda 13-asrdan tilga olingan. 14—16-asrlarda qurilgan meʼmoriy yodgorliklardan ratusha, qasr va boshqa binolar saqlangan. [4]

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]