Malein va fumar kislotalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Malein va fumar kislotalar, sis- va trans-etilen — 1,2dikarbon kislotalar, formulalari tegishlicha I, P. Mol. m. 116,07; rangsiz kristallar. Malein kislotaning suyuqlanish temperaturasi 140°, zichligi 1590 kg/m3. 130° dan yuqori temperaturada fosfat angidrid, atsetilxlorid va boshqa ishtirokida qizdirilganda degidratlanib malein angidridga aylanadi. Sanoatda benzolni katalitik oksidlash, shuningdek, kroton aldegidni oksidlash yoʻli bilan olinadi. Vino va olma kislotalar, sirt faol moddalar, alkid smolalar ishlab chiqarishda qoʻllanadi. Yorugʻlik taʼsirida, 200°dan yuqori temperaturada qizdirilganda yoki kimyoviy agentlar taʼsir ettirilganda malein kislota izomerlanib fumar kislotaga aylanadi.

Fumar kislotaning suyuqlanish temperaturasi 296,4°, zichligi 1635 kg/m3. Koʻpgina oʻsimliklar (mas, island moxi) va zamburutlar tarkibida bor; uglevodorodlarning bijgʻishidan ham hosil boʻladi. Sanoatda malein kislotani NS1, brom birikmalari va boshqa taʼsirida izomerlab olinadi. Poliefir smolalar, quruvchan sintetik moylar, plastifikatorlar olishda, oziq-ovqat sanoatida limon va vino kislotalarining oʻrinbosari sifatida qoʻllanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil