Magnitostriksion materiallar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Magnitostriksion materiallar — magnitlanganda oʻz shakli va oʻlchamlarini oʻzgartirish (magnitostriksiya) xususiyatiga ega boʻlgan materiallar. Nikel, ferritning baʼzi turlari, temirnikel, temir-kobalt va temir-alyuminiy qotishmalari Magnitostriksion materiallar hisoblanadi. Temirnikel qotishmalarning magnit oʻtkazuvchanligi yuqori boʻladi. Ulardan ixcham kuch transformatorlarining oʻzaklari, magnit kuchaytirgichlar, kontaktsiz rele va boshqa tayyorlanadi. Temir-kobalt qotishmalarning magnitostriksiya xususiyatlari juda yuqori boʻladi. Ulardan kuchli magnitostriksiya oʻzgartirgichlarnint oʻzaklari va boshqa tayyorlanadi. Temir-alyuminiy qotishmalarning magnitostriksiya xususiyati yuqori boʻlishi bilan birga solishtirma elektr qarshiligi katta va mustahkam boʻladi. Ulardan ham magnitostriksion oʻzgartirgichlarning oʻzagi tayyorlanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil