Magellan bulutlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Magellan bulutlari - galaktikamiz "Somon Yoʻli"ning tabiiy yoʻldoshlari; bizga eng yaqin boʻlgan qoʻshni ikkita (katta va kichik) galaktika. Ular tuzilishi boʻyicha notoʻgʻri galaktikalar sinfiga kirib, fizik qoʻshaloq sistema hisoblanadi. Osmonning Jan. yarim sharida kuzatilib, kattasining koʻrinma oʻlchami Oydan =10 marta, kichiginiki esa <= 5 marta katta. F. Magellanning okeanlar boʻylab sayohati daftarida tasvirlangan va uning nomini abadiylashtirish maqsadida shunday atalgan. Dastlab, ular Kap bulutlari deb nomlangan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil