Maʼmuriy jazo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Maʼmuriy jazo - maʼmurii huquqnn buzuvchi shaxslarga nisbatan davlat organi yoki mansabdor shaxslar tomonidan koʻriladigan chora. Maʼmuriy jazo maj-burlovchi, ayni vaqtda tarbiyaviy xususiyatga ega boʻlgan choradir. Maʼmuriy jazoning quyidagi turlari mavjud: jarima; maʼmuriy xuquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish; maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni musodara qilish; muayyan shaxsni unga berilgan maxsus xuquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish; maʼmuriy qamoqqa olish (Oʻzbekiston Respublikasining MJK, 23—29moddalar).

Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun ajnabiy fuqarolar va fuqoroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborilishi mumkin.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil