Lochin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lochin
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Turkum: yirtqich qushlar
Oila: Lochinsimonlar
Binar nomi
Falco peregrinus
(muallif) Tunstall, 1771
QOʻRIQLANISH MAQOMI
Находятся под наименьшей угрозой
Вызывающие наименьшие опасения
IUCN 3.1 Least Concern : IUCN3.1
Sinonimlari
  • Falco atriceps Hume
  • Falco kreyenborgi Kleinschmidt, 1929
  • Falco pelegrinoides madens Ripley & Watson, 1963
  • Rhynchodon peregrinus (Tunstall, 1771)

Global range of F. peregrinus      Breeding summer visitor     Breeding resident     Winter visitor     Passage visitor

Lochin (Falco peregrinus) — yirtqich qushlar turkumining lochinsimonlar oilasiga mansub qush. 20 dan ortiq kenja turi maʼlum. Modasi yirik, gavdasining uzunligi 49 sm gacha, qanotlari yoyilganida 115 sm gacha vazni 1,2 kg gacha. Nari modasidan ancha kichik. Keng tarqalgan, Oʻrta Osiyoda sahro L.i va tundra L.i uchraydi. Sahro L.i oʻtroq yashaydi; tundra L. faqat qishlash uchun uchib keladi. Monogam. Uyasini togʻli va jarlik joylarga quradi. Apr.—mayda 2—3 ta tuxum qoʻyadi. Bolalari mustaqil uchadigan boʻlguncha ota-onasining qaramogʻida boʻladi. Qushlar va boshqa bilan oziqlanadi. Sahro L. i va tundra L. i qushlarni ovlashga oʻrgatiladi.[2]


Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashqi koʻrinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lochinning uzunligi 34-50 sm, qanotlarining uzunligi esa 80-120 smni tashkil qiladi[3]. Boshqa yirtqich qushlar kabi, urg'ochi lochin massasi erkak lochinlardan ancha katta: urgʻochilari 910-1500 g, erkaklari esa 440-750 gni tashkil qiladi [10]. Rangida jinsiy dimorfizm aniq koʻrinmaydi — (istisno tariqasida - F. p. madens noyob turosti) - ya'ni erkaklar va urgʻochilari bir xil ko'rinishda boʻladi.

Umumiy tana tuzilishi kuchli, faol yirtqich qushlarga xos — qattiq va konveks mushaklari bo'lgan keng ko'krak, o'tkir va keskin egilgan tirnoqlarga ega kuchli barmoqlar va qisqa, o'roqsimon egri tumshuģga ega[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. BirdLife International (2019). "Falco peregrinus". IUCN Red List of Threatened Species 2016: e.T45354964A155500538. https://www.iucnredlist.org/species/45354964/155500538. Qaraldi: 9 March 2021. Lochin]]
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. White, C. M. (1994): 60. Peregine Falcon. In: del Hoyo, J.; Elliott, A. & Sargatal, J. (editors): Handbook of Birds of the World, Volume 2 (New World Vultures to Guineafowl): 274—275, plate 28. Lynx Edicions, Barcelona. ISBN 84-87334-15-6
  4. Бутурлин С. А. и др. (1940) Птицы. Животный мир СССР. „онлайн“.