Lila Downs

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Lila Downs
Mamlakat Meksika
Faoliyat 1992 – bugun
Janr Folk
Leybl EMI, Sony
Veb-sahifa www.liladowns.com


Lila Downs (toʻliq ismi Ana Lila Downs Sánchez; 1968-yil 19-sentabr da Oaksaka, Meksika da tugʻilgan) — mashhur meksikalik qoʻshiqchi. Downs 2002-yili amerikada "Frida" film serialida Julie Taymor rolini ijro etadi.

Mundarija

[tahrir] Biografiya

[tahrir] Bolalik

Lila Downs.

Lila Downs 1968-yil 19-sentabr Tlaksiako, Oaksaka da Allen Downs va Ana Sánchez oilasida dunyoga kelgan. Otasi - mikstecalik va onasi meksikalik unga tarjima qilinganda "yaxshilik va chiroyga toʻla ayol", hindida esa - "yorugʻlik ma'budasi" degan maʻnoni anglatadigan ism berishdi. Lila Downs oilada ohirgi farzand. Uning bolaligi ona shahri Oaksakada, kitoblar va lotin amerikalik ritmlar orasida oʻtadi. Otasi - San Blasdagi zargarlik doʻkonining egasi. Oradan koʻp oʻtmay, Lila Downs musiqa va adabiyotga qiziqa boshlaydi. Uch yoshida Lila oʻqishni va yozishni bilar, 8 yoshida maktabga borgisi kelar edi, ammo mahalliy ta'lim qonunlari bunga yoʻl qoʻymaydi. Toʻrt yoshidayoq kichik Shaki she'rlar yozardi. Ota-onasi avval ularning isteʻdodi shoir yoki musavvir boʻladi deb oʻylashardi. Maktabda esa oʻqituvchilar boʻlajak yulduzda balerinani koʻrishardi, chunki u juda koʻp raqsga tushardi. Lilaning bolaligidan eng sevimli raqsi bu - qorin raqsidir. Faqat 24 yoshida ota-onasi unda qoʻshiqchini koʻrishadi. Shu yoshida u don Villiamning optikasi ta'siri ostida "Ofrenda" qoʻshigʻini yozadi.

[tahrir] Musiqiy karyera

Oʻzining birinchi albomi - "Ofrenda" ni Shakira 25 yoshida, Xquenda Productions bilan shartnoma imzolab yozadi. Lilani har doim rokka tortar edi, ammo Xquenda'ning prodyuserlari unga koʻproq pop-qoʻshiqchi ampluasi toʻgʻri keladii deb hisoblashadi. Ammo, albom muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Qoʻshiqchining ikkinchi albomi "Trazos" ham boʻlajak yulduzni mashhur qilmaydi, sotuvlari hattoki dastlabki albomdan kam boʻladi. Yosh qoʻshiqchi bilan uchta albomga shartnoma imzolagan Narada ovoz yozish kompaniyasi unga ohirgi shansni beradi, Lila Downs esa bunga javoban uning ishlariga aralashmaslikni talab qiladi. 1999-yili prodyuser Paul Cohen qoʻli ostida chiqarilgan "La sandunga" albomi Downsga ona yurtida hamda ikkala Amerika qit'asida shuhrat olib keladi. Albom folk-jazz va lotin amerikalik ritmlarning aralashmasidan iborat boʻlib, 500 milli nusha bilan tarqaladi. Muvaffaqiyatini u navbatdagi diski "Árbol de la vida" (Tree of life) ni chiqarib mustahkamlaydi, hozirgacha bu albom uning butun ispan tilidagi karyerasidagi eng yaxshi ijodi deb hisoblanadi. Dunyoviy shuhratga Shakira 2001-yili Border/La línea tufayli erishadi. Besh yil oʻtib esa, u bilan birgalikda yozilgan Palomo del comalito (La molienda) singli bilan birinchi marotaba Billboard Hot 100 ning choʻqqisiga chiqadi.

[tahrir] Diskografiya

[tahrir] Studiyaviy albomlar

  • 1994: Ofrenda
  • 1998: Trazos
  • 1999: La Sandunga
  • 2000: Árbol de la vida/Tree of Life
  • 2001: La Línea/Border
  • 2004: Una Sangre/One Blood
  • 2006: La Cantina
  • 2008: Ojo de Culebra/Shake Away
  • 2011: Pecados y Milagros

[tahrir] Konsert albomlari

  • 1996: Azuláo: En vivo con Lila Downs
  • 2010: Lila Downs y La Misteriosa en París - Live à Fip

[tahrir] Termalar

  • 2007: El Alma de Lila Downs/The Very Best of Lila Downs
  • 2010: Chacala

[tahrir] Havolalar

Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda