Libra (neft koni)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Libra neft koni Janubiy Amerika materigida joylashgan Braziliyaning Rio-de-Janeyro shtati qirgʻoqlaridan 170 kilometr uzoqlikdagi shelfda joylashgan. Ushby neft koni Janubiy Amerikada baki dunyodagi eng yirik neft konlaridan biri sanaladi. Konning maydoni taxminan 1550 km², taxminan 2000 m chuqurlikda, suv omborining chuqurligi dengiz tubidan 3500 m pastda joylashgan[1].

Libra koni Santos havzasidagi chuqur tuzdan oldingi konlarda joylashgan. Libraning qayta tiklanadigan zaxiralari 8-12 milliard barrel neftga baholanib kelinmoqda, bu esa 3-5 oy ichida dunyoning barcha neft talabini qoplashi mumkin degani. Biroq, zaxiralar haqidagi maʼlumotlar hali tasdiqlanmagan, chunki hozirgacha barcha hisob-kitoblar faqat bitta quduq maʼlumotlari asosida amalga oshirilgan va hisoblab chiqilgan.

Birinchi muhim uglevodorod konlari 2007-yilda Braziliya dengizidagi tuzdan oldingi zonada topilgan. Ushbu zonadagi neft zaxiralarini oʻzlashtirish mamlakatga jahon neft qazib oluvchilarning beshtaligiga kirishiga imkon yaratib beradi[2]. Braziliya mamlakatining Janubiy Amerika materigida eng yirik neft qazib oluvchi davlatlar uchtaligiga olib kirdi (Janubiy Amerika materigida Venesuela va Ekvador mamlakatlari asosiy neft qazib oluvchi davlatlar sanaladi).

Hududda ishlab chiqarishda qatnashuvchi kompaniyalar quyidagi, ikkita eng yirik Total va Petrobras kompaniyalari hisoblanadi[3]. Libra neft koni Braziliya mamlakatining yoqilgʻi sanoati tarkibida muhim oʻrin tutuvchi kon sanaladi. Shuningdek Libra neft koni Brazilyaning yoqilgʻi sanoat tarkibidagi neft ishlab chiqarishdan olinadigan avtomobil yoqilgʻilar va boshqa sanoat mahsulotlari uchun kerakli moy mahsulotlari uchun muhim xom ashyo bazasi boʻlib xizmat qiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]