Kompaniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kompaniya (frans. compagnie) — iqtisodiy faoliyat (i.ch., savdo, vositachilik, moliya, sugʻurta va b.) olib borish uchun uyushgan yuridik va jismoniy shaxslar, tadbirkorlar birlashmasi. K. deyilganda birlashmalar, shirkatlar, xoʻjalik jamiyatlari, firmalar, korporatsiyalar, yaʼni turli tashqiliy-huquqiy shakllarga ega boʻlgan korxonalar tushuniladi. K. yuridik shaxs maqomiga ega boʻladi. K. sherikchilik, korporatsiya tamoyillari, tadbirkorlik faoliyatining boshqa tamoyillari boʻyicha faoliyat kursatishi mumkin. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil