Lashkarak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lashkarak
Qishloq
Mamlakat O‘zbekiston Respublikasi
Tuman Angren
Markazi balandligi 1700 metr m
Rasmiy til(lar)i O‘zbek
Aholisi
1 020
Telefon kodi +998

Lashkarak – O'zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Angren shahriga qarashli qishloq. Maydoni 25 ga. Aholi soni 1020 nafar. Angren shahridan 28 km uzoqlikda, dengiz sathidan 1700 metr balandlikda joylashgan[1].

Etimologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloqning bunday nomlanishini tushuntirib beruvchi bir nechta variantlar bor. Birinchisi Lashkarak nomi „lashkar“ jangchi soʻzidan kelib chiqqan. Afsonaga koʻra bu qishloqda eng kuchli va baquvvat odamlar yashagan, shu sababli bu yerliklar odamlar jangchilikka koʻproq yollangan. Boshqa maʼlumotlarga koʻra bu yerda Iskandar Zulqarnayn oʻz dushmanlariga qarshi kurashgan. Yana bir maʼlumotga koʻra Gʻarbiy Turk xoqonligi, Somoniylar va Qoraxoniylar davrida bu yerdan katta miqdorda kumush qazib olinadigan kon boʻlgan. Qimmatbaho metallarni tashish va qoʻriqlash uchun qishloqda xarbiy lashkar saqlangan.

Diqqatga sazovor joylari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lashkarak qishlogʻi Qurama togʻ tizmasida dengiz sathidan 1700 metr balandlikda joylashgan. Qishloq hududida yuzdan ziyod buloqlar, sharsharalar va gʻor joylashgan. Bundan tashqari qishloqda mashhur Ko‘hisim kumush koni joylashgan. Bu kondan VIXI asrlarda kumush qazib olingan. Kon va uning atrofi XX asrning 60–70- yillarida Yuriy Buryakov tomonidan oʻrganilgan va hududdan koʻplab konchilikka aloqador buyumlarni topishgan[2][3].

Sanoati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017—2018-yillargacha qishloq hududiy jihatdan Ohangaron, maʼmuriy jihatdan Angren shahri tarkibiga kirgan. Keyinchalik butunlay Angren shahri tarkibiga kirgazilgan. Qishloq aholisining aksariyat qismi bogʻdorchilik, chorvachilik va asalrichilik bilan shugʻullanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Лашкерек (Кураминский хребет)“.
  2. Ю. Ф. БУРЯКОВ. ГЕНЕЗИ И ЭТАПЫ РАЗВИТИ ГОРОДСКОЙ КУЛЬТУР ТАШКЕНТСКОГО ОАЗИСА. 
  3. Ю. Ф. БУРЯКО М. Р. КАСЫМОВ, О. М. РОСТОВЦЕВ. Археологические памятник Ташкентско области..