Laramiy burmalanishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Laramiy burmalanishi – boʻr davri oxiri va paleogen davri boshlarida sodir boʻlgan burmalanish. Shimoliy Amerikaning Qoyali togʻlari hamda Janubiy Amerikaning And togʻlarida kuchli kechgan. Yevropa va Osiyoda alp tek-togenezi fazalaridan biri deb qaraladi. Oʻrta Osiyoda faqatgina parallel stratigrafik nomuvofiqlik bilan ifodalangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil