Laffasiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Laffasiy (taxallusi; asl ismi Hasanmurod Muhammad Amin oʻgʻli) (1880 — Xiva — 1945) — oʻzbek shoiri, tarixchi va tazkiranavis. Madaminxon madrasasida taʼlim olgan. L. oʻzining "Xiva shoir va adabiyotshunoslarining tarjimai hollari" tazkirasida xalq orasida mashhur boʻlgan Munis Xorazmiy, Ogahiy, Rogʻib, Feruz va Chokar kabi 51 nafar xorazmlik ijodkorning tarjimai holi va ijodi haqida maʼlumot bergan. Asarda L. oʻz sheʼrlaridan ham namunalar keltirgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil