Kvadratik chegirma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kvadratik chegirma (r- modul boʻyicha) — x2= a (mod p) taqqoslama yechimga ega boʻlgan hollar moduli boʻyicha r bilan oʻzaro tub boʻlgan a soni; taqqoslama yechimga ega boʻlmaganda esa, r modul boʻyicha r bilan oʻzaro tub boʻlgan a soni K. ch. boʻlmaydi. Agar r tub son boʻlsa, u holda r modul boʻyicha keltirilgan chegirmalar sistemasidagi sonlarning yarmi K.ch. boʻladi, yarmi esa kvadratik chegirma boʻlmaydi, yaʼni unisi ham, bunisi ham r-tadan boʻladi. K.ch. va kvadratik chegirmamaslarni bilib olish uchun Eyler kriteriysidan foydalaniladi. Bu masala Lejandr va Yakobi simvollari yordamida osongina hal qilinadi. Mac: 13 modul boʻyicha 1, 3, 4, 9, 10 va 12 sonlari K. ch. boʻladi. 2, 5, 6, 7, 8, 11 sonlari kvadratik chegirmamas hisoblanadi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil