Kulliyot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kulliyot (arab. — toʻla, butun) — 1) muayyan adibning toʻla yoki asosiy asarlari toʻplami. K. adib ijodida harak-terli ayrim janrlardagi asarlardan tuzilishi ham mumkin. Mas, "Kulliyoti qasoyidi Xoqoniy" ("Xoqoniy qasidalari kulliyoti"). K.ga shoir yoki yozuvchining hamma asarlari kiritilgan boʻlishi ham, boʻlmasligi ham mumkin. Navoiyning Toshkent, Sankt-Peterburg, Parij va Istanbul kutubxo-valaridagi K.lari mukammal emas. Ammo shoirning asosiy asarlarini oʻz ichiga olganligi uchun K. deb yuriti-ladi.

2) Oʻn ikki maqom tizimiga mansub vokal musiqa asarlari turi. Sheʼriy matnida vagʻmalar yoki kuylar doirasi (advor an-vagʻam), oʻn ikki maqom, yi-girma toʻrt shoʻʼba, olti ovoza va usullar doiralari (advori zurub)ning nomlari keltirilib, ular majoziy maʼ-noda maqom yoʻllarining tuzilish tar-tibini aks ettirgan. Mas, Kavkabiy, Tabibiy, Mutribiy asarlarida K. va-muvalari keltirilgan. Bu asarlar makom va shoʻʼbalarning ijro etilish vaqti va oʻrnini koʻrsatib turgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil