Korneliy Shatsillo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Korneliy Shatsillo
Tavalludi 12-aprel 1924-yil
Toshkent, Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, SSSR
Vafoti 29-iyul 1998-yil
Moskva, Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Ilmiy darajasi tarix fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Korneliy Fedorovich Shatsillo (1924-yil 12-aprel, Toshkent, TASSR, SSSR – 1998-yil 30-iyul, Moskva, Rossiya) – sovet va rus tarixchisi, flot tarixi va Rossiyada liberalizm tarixi boʻyicha mutaxassis. Tarix fanlari doktori, professor[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Korneliy Shatsillo 1924-yilda Toshkent shahrida harbiy xizmatchi oilasida tavallud topgan. Uning otasi Sibir surgunlarining avlodidan, onasi esa Ural kazaklarining kambagʻal oilasidan chiqqan.

Fedorovich 1941-yilda Novosibirskdagi oʻrta maktabni tugatgach, Tinch okeani oliy dengiz maktabiga oʻqishga yuborilgan. Maktabni tugatgandan soʻng ofitser unvonini olgan. Korneliy suv osti kemasi ekipaji tarkibida Uzoq Sharqdagi harbiy harakatlarda qatnashgan. U oʻn yil davomida dengiz flotida xizmat qilgan. 1951-yilda ogʻir kasallik tufayli nafaqaga chiqqan.

Taʼlimi va ilmiy darajalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Korneliy Shatsillo 1955-yilda M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining tarix fakultetini, 1958-yilda shu yerda aspiranturani tamomlagan. U A. L. Sidorovning shogirdi boʻlgan. Korneliy tarix fanlari nomzodi (dissertatsiya mavzusi: „Rossiya dengiz kemasozlik sanoatidagi moliyaviy kapital“), tarix fanlari doktori (1968, „Birinchi jahon urushi arafasida Rossiya qurolli kuchlarining rivojlanishi“ nomli dissertatsiyasi) va professor boʻlgan.

Ilmiy-pedagogik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Korneliy 1958-yildan SSSR Fanlar akademiyasining SSSR tarixi institutida (Rossiya Fanlar akademiyasining Rossiya tarixi instituti) ishlagan. Avval kichik keyinchalik bosh ilmiy xodim lavozimida faoliyat olib borgan.

Oʻqituvchilik ishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fedorovich 1980-90-yillarda Moskva davlat tarix-arxiv institutida (Rossiya davlat gumanitar universiteti) dars bergan va rus liberalizmi tarixi boʻyicha maxsus seminar oʻtkazgan.

1998-yil 29-iyulda vafot etgan. U Moskvada Butovskoye qabristoniga dafn etilgan (7-boʻlim)[2].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Korneliyning rafiqasi Valentina Mixaylovna Astrova (1927-2001)[2], shifokor boʻlgan. Oʻgʻillari – Vyacheslav (1953-yilda tugʻilgan) va Mixail (1960-yilda tugʻilgan)[3], tarixchi boʻlishgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Шацилло Корнелий Федорович“. Qaraldi: 2023-yil 6-noyabr.
  2. 2,0 2,1 Алёна и Павел Кац. „ШАЦИЛЛО Корнелий Фёдорович (1924 – 1998)“. Московские могилы (2016-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 3-oktyabr.
  3. Shatsillo Mixail Kornelevich na sayte IRI RAN