Konchitsa leto

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Konchitsa leto“
„Kino“ qoʻshigʻi
„Chyorniy albom“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 1991
Yozib olingan 1990
Janr post-punk
Davomiyligi 5:56
Leybl Metadigital
Matn muallif(lar)i Viktor Soy
Bastakor(lar) Viktor Soy
„Chyorniy albom“ xronologiyasi
Konchitsa leto „Krasno-jyoltiye dni“

Konchitsa leto“ (ruscha: Кончится лето, yaʼni „Yoz tugaydi“) („Konchitsa leto (Jdu otveta)“ (ruscha: Кончится лето (Жду ответа) deb ham nomlanadi)) — „Kino“ sovet rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1991-yil eʼlon qilingan „Chyorniy albom“ studiyaviy albomiga birinchi trek oʻlaroq kiritilgan. 1990-yilning bahorida yozib olingan qoʻshiq guruh solisti Viktor Soy oʻlimidan keyin eʼlon qilingan.

„Konchitsa leto“ qoʻshigʻini bir necha xonanda hamda musiqiy guruh kaver qilgan. Xususan, „Kukriniksi“ guruhi Soy xotirasiga bagʻishlangan „KINOprobi“ (2000) albomi uchun qoʻshiqni kaver qilgan. Shuningdek, ashulani „Yu-Piter“ va „Neyromonax Feofan“ guruhlari hamda rus xonandasi Leonid Agutinlar ijro etgan.[1]

Yozilishi tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Konchitsa leto“ ashulasi keyinchalik „Chyorniy albom“ albomiga kiritilgan boshqa ashulalar qatori 1990-yilning bahorida Nataliya Razlogovaning Moskva shahridagi kvartirasida yozib olingan. Qoʻshiq akustik gitara yordamida maishiy magnitofonga yozib olingan. Birinchi bandi toʻliq boʻlmagan ushbu ilk versiya 2018-yilda eʼlon qilingan.

Albom uchun ashula 1990-yilning yozida Latviyaning Yurmala shahri yaqinidagi Plieņciems qishlogʻida joylashgan „Yamaha“ studiyasida yozib olingan. Soyning yon daftarida qoʻshiqning qora nusxasiga „Jdu otveta“ deb nomlangan. Soy oʻlimi ortidan yozuv qayta ishlanib, 1991-yilning yanvarida eʼlon qilingan.

Tahlili[tahrir | manbasini tahrirlash]

Y. Shadjanovaning fikricha, „Konchitsa leto“ qoʻshigʻi „Chyorniy albom“ga kiritilgan boshqa qoʻshiqlar kabi oʻlimni oldindan sezish hissi bilan yoʻgʻrilgan.[2] Uning soʻzlariga koʻra, Soy aynan qoʻshiq yozilgan yozda — 1990-yilning 15-avgustida vafot etgani ramziy ahamiyatga ega, chunki Soy uchun 1990-yilning yozi chindan yakuniy yozga aylangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Леонид Агутин спел песню Виктора Цоя Об этом сообщает "Рамблер"“. Rambler (6-sentyabr 2018-yil). Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.
  2. Шаджанова, Y. (2015). „Эволюция семантики концепта пути в рамках когнитивного уровня языковой личности Виктора Цоя“. Вестник Российского университета дружбы народов. № 4.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]