Koʻpayish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koʻpayish (biologiyada) — barcha mavjudotlarning oʻziga oʻxshash organizmlar hosil qilish orqali oʻz hayoti uzluksizligi va uzviyligini taʼminlash xususiyati. K. jinssiz va jinsiy boʻladi. Jinssiz K. 2 marta yoki koʻp marta boʻlinish, yaʼni shizogoniya (bir hujayralilarda); spora hosil qilish (tuban va sporali oʻsimliklarda); vegetativ K. (organlar bir qismining aj-ralib chiqib, yangi organizm hosil qilishi) va kurtaqlanish (koʻp hujayralilarda) orqali sodir boʻlishi mumkin. Boʻlinish va spora hosil qilib K.da organizm jinsiy jihatdan ixtisoslashmagan bitta xujayradan rivojlanadi. Vegetativ K.da esa yangi organizm ova organizmning bir qismidan hosil boʻladi.

Jinsiy K. 2 xil jinsiy hujayraning koʻpayishi, yaʼni urugʻlanish yoki partenogenez (tuxum hujayraning urugʻlanmasdan rivojlanishi) orqali roʻy beradi. Koʻpchilik hayvonlarning hayot siklida K.ning turli shakllari, mas, jinssiz va jinsiy, urugʻlanish va partenogenez, urugʻlanish va vegetativ koʻpayish qonuniy almashinib turadi. Oʻsimliklarning K.i ham jinssiz (sporofit) va jinsiy (gametofit) naslning gʻallanib turishi orqali boradi. K. muddati va tezligi harorat, kun uzunligi, oziq miqdori va tashqi muhitning b. omillari bilan bogʻliq. Yuksak hayvonlarda K. organlari faoliyati nerv sistemasi va ichki sekretsiya bezlari tomonidan boshqarib turiladi (q. Jinssiz koʻpayish, Vegetativ koʻpayish, Jinsiy koʻpayish, Partenogenez, Nasl gʻallanishi). [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil