Koʻndalang–targʻil mushak tolalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koʻndalang-targʻil mushak tolalari — tolalardan iborat boʻlib, ularning uzunligi bir necha santimetrgacha (12,5 sm), diametri 100 mikrometrgacha yetishi mumkin. Shu sababli koʻndalang-targʻil mushak tolalari simplastik tuzilmalar deb ataladi. Ular skelet mushaklarini, ovqat hazm qilish traktining baʼzi aʼzolari (til, tanglay, qizilo`ngachning bir qismi) mushaklarini, ko'z mushaklarini, mimika va nafas olish mushaklari tarkibida boʻladi. Yurakning oʻrta mushak qavati boʻlgan miokard koʻndalang-targil mushak toʻqimasining maxsus turi hisoblanadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. K.A.ZUFAROV „IX“,. Gistologiya, 2005 (O'zbekcha), Toshkent: «Kitob» — 211 bet. 22-iyul 2023-yilda qaraldi.