Ovqat hazm qilish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ovqat hazm qilish - odam va hayvonlar organizmida ovqatning mexanik va kimyoviy qayta ishlanish jarayoni, bunda oziq moddalar soʻrilib hazm boʻladi, parchalanish mahsulotlari va hazm boʻlmay qolgan moddalar esa organizmdan chiqariladi. O.h.q. natijasida murakkab kimyoviy moddalar organizm oson oʻzlashtira oladigan oddiy moddalarga aylanadi. O.h.q.ning hujayra ichida va hujayradan tashqarida sodir boʻladigan xillari bor. Hujayra ichida O.h.q. (IM.Mechnikov kashf etgan) bir hujayralilar, ayrim tuban koʻp hujayralilar (gʻovaktanlilar), yuksak koʻp hujayralilarning ayrim hujayralari {leykotsitlar, mononuklear fagotsitlar va b.) uchun xos. Bu jarayonda hujayra oziq moddalarni faol yutib, sitoplazma fermentlar yordamida O.h.q. vakuolalari ichida parchalaydi.

Hujayra tashqarisida O.h.q. odam va koʻpchilik hayvonlar uchun xos boʻlib, asosan, O.h.q. sistemasi boʻshligʻida sodir boʻladi (q. Ovqat hazm qilish sistemasi). Hujayra tashqarisida O.h.q. membranada, yaʼni ichak devorida va ichak boʻshligʻida roʻy beradi, Membranada O.h.q. odamlar, barcha umurtqalilar va koʻpchilik umurtqasizlar uchun xos boʻlib, ichak vorsinkalari hujay-ralari membranasida joylashgan fermentlar yordamida amalga oshiriladi (q. Biologik membranalar).

Hujayradan tashqari (boʻshliqlarda), hujayra ichida va hujayra membranasida (hujayra tashqarisi bilan hujayra ichi oʻrtasidagi chegarada) O.h.q. farq qilinadi. Aksariyat xdyvonlarda 2 xil (hujayra ichida va hujayra tashqarisida) O.h.q. bir-birini toʻldiradi. Koʻpchilik umurtqali hayvonlar va odamda O.h.q. ogʻiz boʻshligʻidan boshlanadi. Bu yerda ovqat chaynalib maydala-nadi, soʻlak bilan aralashtiriladi va xoʻllanib, oziq luqmasi hosil boʻladi. Asosiy O.h.q. suyukdiklar (soʻlak, meʼda, meʼda osti bezi va ichak shirasi, safro) fermentlari taʼsirida ovqat kimyoviy ishlanadi. Ayrim hayvonlarda soʻlak tarkibidagi fermentlar (odamda amilaza) taʼsirida ovqat tarkibidagi uglevodlar parchalanadi. Ov-qat yutilib, tomoq va qiziloʻngach orqali meʼdaga tushadi. Meʼdada ovqatning maydalanishi va uglevodlarning parchalanishi davom etadi; proteoli-tik fermentlar taʼsirida oqsillarning parchalanishi boshlanadi. Ayrim hayvonlar va qushlarda oziq meʼda (osh-qozon)ga tushishdan oldin jigʻildonda yigʻiladi. Yaxshi ezilgan va qisman hazm boʻlgan oziq oshqozondan oz-ozdan in-gichka ichakka oʻtadi. Ingichka ichakdagi O.h.q. jarayonida oziq modsalar oshqo-zon osti bezi va ichak shirasi hamda oʻt suyukligi ishtirokida hujayradan tashqarida, yaʼni vorsinkalar membra-nasida parchalanib, hazm qilish va soʻrilish tugallanadi. Yoʻgʻon ichakda ingichka ichak fermentlari, yoʻgʻon ichakning oʻzi va bakteriyalar ishlab chiqadadigan fermentlar taʼsirida uglevodlar bijgʻiydi, oqsillar chiriydi; suv va unda erigan moddalar qonga shimilib, axlat massasi shakllanadi. Yoʻgʻon ichakda axlatning toʻplanishi defeka-siyaga olib keladi.

O.h.q. neyrogumoral regulyasiya orqali amalga oshadi. O.h.q.ga ovqat yeyila-digan sharoit, ovqatning koʻrinishi, miqdori, tarkibi va b. omillar taʼsir qiladi. O.h.q. fiziologiyasini ishlab chiqishda rus olimi N.P.Pavlov va uning shogirdlari katta hissa qoʻshgan. Oʻrgimchaklar va kavsh qaytaruvchilarda O.h.q. oʻziga xos xususiyatga ega. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil