Koʻk nil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koʻk nil, Bahr ul-Azraq -Afrikadagi daryo, Efiopiya va Sudan hududida. Nilning eng sersuv oʻng ir-mogʻi. Oʻz. 1600 km, havzasining mayd. 300 ming km2. Kichik Abbay nomi bilan Choke togʻlari yon bagʻridan boshlanadi. Tana koʻliga quyiladi, undan Abbay nomi bilan oqib chiqib, 20 km dan keyin bal. 45 m li sharshara hosil qiladi. Boshlanishida qirgʻoqlari pastroq, soʻngra 500 km masofada chuq. 900—1200 m, eni 100—200 m li daradan oqadi. Sudan hududidan chiqqach, K.N. nomini oladi va ancha tekis joyda ilon izi boʻlib oqadi. Hartum sh. yonida Oq Nil bilan qoʻshilib Nil daryosini hosil qiladi. Asosiy irmoqlari: Raxad va Dinder. Yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Quyilish joyidan 580 km masofada kema qatnaydi. Suv sarfi Hartum sh. yaqinida fevralda 127 m3/sek. dan avg .da 5822 m3/ sek. gacha. Sennor sh. yonida toʻgon, GES va suv omborlari qurilgan. Sugʻorishda foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil