Koʻk choy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koʻk choy (green tea) — Camellia sinensis yapiroqlarini qurutish orqali olinadigan choyning bir turi. Qora choyga qaraganda koʻk choyning tayyorlanishi, mazasi, tarkibi, tasiri boshqacha boʻladi.


Koʻk choy — choy oʻsimligining pishib yetilmagan yosh barglaridan tayyorlanadigan choy. Tabiiy rangi hidini saqlaydi. [[Choy barglariga deyarli ishlov berilmaydi, faqat qaynoq bugʻ bilan bugʻlanadi. Bugʻlangan barglar quritilgach, maxsus usulda naycha tarzida buram beriladi va choy qadoqlash f-kalariga yuboriladi. K.ch. xushboʻy, chanqoqni yaxshi qondiradi, baʼzi kasalliklarga (mas, qon bosimi oshganda) davo sifatida damlab ichiladi (q. [[Choy).[1]

Uch turli vaqtdagi koʻk choyning tasviri (chapdan oʻngga): damlangan yapiroqlar, qurgʻoq yapiroqlar va suyuqlik.
Xitoyda choy oʻsirish.

Koʻk choyning foydasi[tahrir]

Uning foydasi juda koʻp. Koʻk choy odamni semirtirmaydi, nafas olish va yurak qon tomirlarining hizmatini yahshilaydi, qon bosimini pasaytiradi, odamga rohat bahshida etadi. [1]

U yurak qon tomir kasalliklariga, aksar, ateroskleroz kasalligiga shifo bahshida etadi. Odamlarning erta keksayishiga, yuzdagi ajinlarning erta tushushiga, organizmdagi garmonlar bilan mikroelementlarning ozligi asosiy sabab ekanligi hammaga ayondir. Koʻk choy esa tarkibidagi polivitaminni bu vaziyatda kuchaytiruvchi sifatida shifodir, profilaktikalik maqsadida istemol qilishga imkoniyati keng. Choʻkma tarkibida alkoloidlar va shifobaxsh hususiyati boʻlganligidan, uning alkogolga qarshi kuchi ham bor. Xitoy, Yaponiya mamlakatlarida koʻk choy yuqori baholanadi.

Amerikalik tadqiqotchilar: koʻk choyning kishi tanasining zaiflashayopgan xujayralarini jonlantirishini aniqladi. Koʻk choyning tarkibidagi polifenal DNK-ning oʻzgarishiga, rak kasalligiga uchratadigan radikallar bilan kurashishadigan kuchli moslama boʻlib chiqdi. Shu bilan birga polifenalning sogʻ xujayralarni himoyalab, saratonni yoʻqotadigan hosiyati bor. Kelajakda olimlar koʻk choydan diabet bilan teri kasalliklari davolaydigan dori olmoqchilar. Ertalab achchiq kofe ichishga odatlangansizmi? Uning yurak va jigarga zarar ekanini bilasizmi?

Foydali maslahatlar[tahrir]

Agar uni shifobaxsh ichimlikka almashtirishni hohlasangiz, ikkilanmay koʻk choyni tanlang. Koʻk choyga bir boʻlak limon va choy qoshiqda asal qoʻshing, odamga kuch-quvvat baxshida etajak ichimlikning tayyor boʻlgani. Koʻk choy asabni tinchlantiradi. Bazi kishilar koʻk choyni ozish uchun ham istemol qilishadi.

Ishlab chiqarish[tahrir]

2006-yilgi maʼlumot boʻyicha koʻk choyni ishlab chiqrish va eksport qilish. [2]
Mamlakat Ishlab chiqarish Eksport
 Xitoy 782.4 (80.8 %) 218.7 (83.0 %)
 Yaponiya 91.8 (9.5 %) 1.6 (0.6 %)
66.0 (6.8 %) 26.0 (9.9 %)
 Indoneziya 20.0 (2.1 %) 9.1 (3.5 %)
Butun jahon 968.1 (100 %) 263.5 (100 %)

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. ТЕКУЩЕЕ ПОЛОЖЕНИЕ И СРЕДНЕСРОЧНЫЕ ПРОГНОЗЫ. Межправительственная группа по чаю, Продовольственная и сельскохозяйственная организация (Май 2008).