Keyshl Blu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Keyshl Blu (inglizcha Cashel Blue) — Irlandiyaning Janubiy Tipperari shahrida ishlab chiqarilgan moviy dogʻli pishloq. U britaniyaning friz zotli sigir sutidan tayyorlanadi (inglizcha. Frisonas Britanicas). Sut foydalanishdan oldin pasterizatsiyalanadi[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pishloqni ishlab chiqarish Grab oilasi tomonidan 1984-yilda boshlangan. (Grubb)[2]. Pishloq oʻz nomini Tipperari vodiysi yaqinida joylashgan Keyshl qoyasidan olgan[3]. Pishloqning yangi retseptini yaratuvchilari Daniya Moviy (Danish Blue) pishlogʻiga oʻxshash mahsulot tayyorlamoqchi boʻlishgan. Ammo, kutilmaganda butunlay boshqacha Keyshl Blu pishlogʻi tayyorlandi[1]. Xuddi shu oila hozirda 200 akr hududda joylashgan fermasida pishloq tayyorlash bilan shugʻullanadi[2].

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pishloq nozik taʼmga va yoqimli qaymoqli shaklga ega. Pishib yetilish jarayoni 9 dan 35 haftagacha davom etadi. Pishloq blokining ogʻirligi bir yarim kilogrammni tashkil qiladi[1]. Pishloq yumshoq, nozik tuzilishga va mayda koʻk tomirlarga ega. Mogʻorlagan chiziqlari tufayli Keyshl Blu pishlogʻi koʻk rangga ega boʻlib, mogʻor mavjudligi uning taʼmida seziladi[4]. Pishloq shirin rezavorlar, nok boʻlaklari, viski yoki quruq oq sharob bilan uygʻunlik kashf qiladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Сыры Британии. Кешел Блю (Cashel Blue)“. 2015-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-yanvar.
  2. 2,0 2,1 „Ireland’s Original Farmhouse Blues“. 2022-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-aprel.
  3. „Сыр Кешел Блю“. 2017-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-yanvar.
  4. „Кешел Блю (Cashel Blue)“. 2017-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-yanvar.