Kerimüddin Karaman Bey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kerimüddin Karaman Bey
Karamanoğulları beki
Saltanat 1256-1261
Oʻtmishdoshi Nureddin Bey
Davomchisi Karamanoğlu Mehmed Bey
Tugʻilishi ?
Vafoti 1261-yil
Dafn etilgan joy
Balkusan
Farzandlari Karamanoğlu Mehmed Bey
Güneri Bey
Bedreddin Mahmud Bey
Uy Karamanoğulları
Otasi Nureddin Bey
Dini Sunni Islom

Kerimüddin Karaman Bey — Karamanoğulları bekligining asoschisi va ilk beki. 1256-1261-yillar oraligʻida Onadoʻlida hukmdorlik qilgan turkmanlarning Afshar qalilasi yetakchisi.[1].

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otasi Nureddin Bey Karamanlilar jamoasining yetakchisi boʻlgan. Otasining vafotidan keyin, u otasining hukmronligi davrida allaqachon yarim vassal boʻlgan oʻz bekligiga asos soldi. Amalda Karamanlilarning oliy hukmdorlari boʻlgan Koʻniya sultonligi moʻgʻullarga jangda magʻlub boʻldi va zaiflashdi. Natijada Karamanlilar poytaxt Koʻniya atrofidagi Toros togʻlari yonbagʻirlariga qiyinchiliklarsiz oʻrnashdilar. Karamanlilarning kuchini ortishidan qoʻrqqan Koʻniya sultoni baʼzi hududlarni Karaman beklariga iqto tariqasida berdi. Qadimgi Larenda shahri bugungi kunda sulola nomi bilan Karaman deb ataladi. Karaman bekligi Kilikya arman qirolligiga qarshi koʻplab janglar olib borib, oʻz hududlarini yanada kengaytirgan.

1261-yilda Koʻniya sultonligi sultoni Kılıç Arslan IV ning akasi Vizantiya imperiyasi yerlariga qochib, panoh topdi. Shundan soʻng, sulton isyonchi qabilalarni jazolandira boshladi. Bu voqealarni oʻz bekligiga tahdid sifatida bilgan Karaman Bey, sultonning oʻziga hujum qilishini kutib oʻtirmasdan, Koʻniyaga oʻzi hujum qildi. Ammo Koʻniyaning gʻarbida boʻlib oʻtgan Gevele jangida magʻlubiyatga uchradi. Jangda Karaman Beyning ikki ukasi oʻldirildi. Karaman Bey jangdan qisqa bir vaqt oʻtganidan keyin vafot etganligi haqida manbalarda uchraydi. Karaman Bey bugungi kundagi Karaman va Ermenek hududlari orasidagi Balkusan qishlogʻiga dafn etildi[2]. Beklik taxtiga Karaman Beyning ogʻli Mehmed Bey oʻtirdi[3].

Shajara[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kerimüddin Karaman Beyning oil shajarasi shu koʻrinishdadir:

  1. Alan Han[4]
  2. Şirvan Han
  3. Kâl Han
  4. Gelencân Han
  5. Alp Arslon
  6. İbrahim Han
  7. Sadeddin Bey
  8. Nureddin Bey
  9. Kerimüddin Karaman Bey[5]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Faruk Sümer, „Karamanoğulları“, TDV Diyanet İslam Ansiklopedisi, Ankara 2001, c. XXIV, s. 454-460.
  2. Prof. Yaşar Yüce-Prof. Ali Sevim: Türkiye tarihi Cilt I, AKDTYKTTK Yayınları, İstanbul, 1991 p 241
  3. Faruk, Sümer. "Karamanoğulları" (Türkçe). TDV İslâm Ansiklopedisi. Türkiye Diyanet Vakfı. 454-460 b. Archived from the original on 2020-yil 5-noyabr. https://web.archive.org/web/20201205231439/https://islamansiklopedisi.org.tr/karamanogullari. 
  4. Mesut Koman, Konya Halkevi Kültür Dergisi (Mecmuası), Konya, 1936, Sayı: 2, Sayfa: 124
  5. Şikârî Karamannâme [Zamanın kahramanı Karamanîler’in tarihi], Metin Sözen, Necdet Sakaoğlu, Karaman Belediyesi Yayını, İstanbul, 2005, sf. 124
Humkdorlik unvoni
Oʻtmishdoshi:
Nureddin Bey
Karamanoğulları beki
1256-1261
Vorisi:
Karamanoğlu Mehmed Bey