Kengesboy Rahmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kengesboy Rahmonov (18.09.1942- 30.05.2004) - shoir, yozuvchi va dramaturg. Qoraqalpogʻiston xalq shoiri (2001), Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat Mukofoti (1983), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1992), „Doʻstlik“ ordeni (1998)[1]

Tarjimoi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1942-yil 18-sentabrda Kegayli tumanida tugʻilgan. 1969-yili Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini tamomlagagach televideniye ve radio eshittirish qoʻmitasida muharrir boʻlib mehnat faoliyatini boshlagan[2]. 1970-1978-yillari Qoraqalpoqstan televideniyesida redaktor, bosh redaktor, 1978-1979-yillari Qoraqalpoq davlat yosh tomashabinlar teatri adabiy boʻlimi boshligʻi, 1981-1990-yillari „Amudaryo“ jurnali sheʼriyat boʻlimi rahbari, Qoraqalpogʻiston yozuvchilar uyuchmasi va Qoraqalpoqstan televideniyesida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

1972-yildan Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi[3].

Kitoblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sheʼrlar toʻplamlari:

  • „Senga oshiqaman“ (1970)
  • „Umr toʻlgʻonishlari“ (1974)
  • „Tong oshigʻi“ (1978)
Kengesbay Rahmanov
Tavalludi 1942-yil 18-sentabr Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Kegayli tumani
Vafoti 2004-yil 30-may (62 yoshda) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri
Fuqaroligi SSSROʻzbekiston
Sohasi sheʼriyat, nasr va dramaturguiya
  • „Hayot, sen ulugʻsan“ (1981)
  • „Manzilim olis“ (1995)
  • „Arǵimaǵim“ (2022)

Nasriy kitoblari:

  • „Oqibat“ (1993)
  • „Paygʻambar yoshidagi kuyov“(2010)
  • „Birinchi muhabbatim“ (2022)

Dramatik asarlari:

  • „Kelin“ (1976)
  • „U dunyoga taklif“ (1976)
  • „Yarador yuraklar“ (1977)
  • „Ikkilangan bahor“ (1978)
  • „Laqqilar kasalxonada“ (1979)
  • „Buvimning yettinchi choli“ (1989)
  • „Injiqning muhabbati“ (1996)
  • „Edige“ (2017)

K. Rahmanovning yaqin yillarda sahnalashtirilgan (2017-yil mart) „Edige“ dostonining syujeti asosida yaratilgan asari, kitob holida bosmadan chiqdi.

Edige obrazi oʼz boʼyniga mardlik, xalqparvarlik, donolik xususiyatlarini biri-biriga bogʼlagan holda tasvirlagan. U xalq orzu qilgan, ularning armonlarini amalga oshiradigan, Toʼxtamishxonning zugʼumidan ozod qiluvchi birdan-bir kuch. Elining tinchligi uchun oilasi, bola-chaqasidan ketib Satemirdan yordam soʼrab xalqini qutqarish uchun qilgan harakatlari uning botirligini koʼrsatadi. Yedigening portretini muallif shunday taʼriflaydi. Voqea shunday davom etaveradi. Yedigening kelganiga quvongan Satemirxon meni parvardigorning oʼzi qoʼllab seni yordamga yubordi deb kutib oladi. Satemirxon Qora alp devning qoʼlida qolib ketgan yolgʼizi Aqbilek oyimni olib kelishni Yedigega buyuradi. Yedige uni eson-omon olib kelib akasiga topshiradi va endi Edige Yedil-Mangʼit yurtida qolgan xalqini qutqarishga qirq ming lashkar berish vaʼdasini eslatib Satemir bilan birga Toʼxtamishxon yurtiga elini ozod qilishga otlanadi. Dramada voqealar shunday yechim topadi. Dostonda esa Yedige eson-omon kelib, oʼziga qalinlik qilib olib saroyida toʼy berib ayshu ishrat qilib yashaydi. Soʼng voqealar rivojlanib boraveradi. Yedige ketgandan soʼng xoʼja urugʼidan saylab olgan Qoraqosh degan ayolning qornida 6 oylik homilasi qolgan edi. Oradan oʼn toʼrt yil oʼtib u ham Toʼxtamishxonning zulmiga chiday olmay eldan bosh olib ketib akasini izlab chiqadi. Boʼlgan voqealarni aytib Satemirdan lashkar olib yurish qiladi. Yedige Toʼxtamishxon poytaxtining yarmini boʼlib olib Yedilning narigi tomonida oʼz poytaxtini tuzadi. Dramadagi personajlarning soʼzlari orqali ularning xulq-atvori, kasbi, muhiti maʼlum bӯlib turadi. Masalan: Yedige: Otlar tushunmas boshqani, balki Yo tushunmas otni boshqalar… Tushunish qiyin hayvondan koʼra Manovi odamzodning ichki dunyosini.(oʼylanib) Meni oʼgʼli deydi Tӯxtamishxonning, Men ham oʼgʼliman boshqalar uchun, Magar shu joyda oʼzga sir bordur…Dramadagi ushbu qatorlar Yedigening otboqar bӯlib ishlayotgan kasbini anglatish bilan birga, uning ichki psixologiyasini, yaʼni boʼlib oʼtayotgan voqealarga munosabatini, tushunmovchiligini, insoniyatning ichki dunyosini tushunish qanchalik qiyin boʼlganligi bois xon bolasi boʼlaturib uning choʼpon boʼlib yurish sababi ne ekanligini bilmaganligi, tushunmaganligi balkim u akasi emas degan fikrlarning paydo boʼlganligini personajning soʼzlari orqali voqealarga munosabatini, psixologiyasini bildirib kelgan.

  1. „Кеңесбай Рахмановтың 80 жыллығына арналды“.
  2. „Өзим ҳаққында“ (2020-yil 12-sentyabr). 2023-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. Бекбергенова З. Қарақалпақстан Республикасы жазыўшылары. Ташкент, «Extremumpress», 2011.