Kana Muramoto

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kana Muramoto
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Kana Muramoto
Davlat Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Boʻyi 162
Sherigi Daisuke Takahashi
Oldingi sheriklari Chris Reed,
Xiroichi Noguchi
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 190,16
Qisqa dastur 75,87
Erkin dastur 114,29

Kana Muramoto (yaponcha: 村元 哉中; 1993-yil 3-mart, Akasi, Xyogo) — muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan yaponiyalik figurali uchuvchi. Chris Reed bilan juftlikda uch karra Yaponiya chempioni (2016—2018), jamoaviy jahon chempionati gʻolibi (2017), Osiyo oʻyinlarining kumush medali sohibi (2017), Toʻrt qitʼa chempionatining bronza medali sovrindori (2018) va Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi (2018) boʻlgan.

Muramoto muz ustida raqsga tushishni 2014-yilda boshlagan, u avvallari yakka holda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan. Yakka holda konkida uchuvchi sifatida u yuqori natijalarni koʻrsatmagan. Muramoto oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichining bronza medali sovrindori (2008) boʻlgan. Uning birinchi raqsdagi sherigi Xiroichi Noguchi boʻlib, u bilan bir mavsum birga shugʻullangan va Yaponiya chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan (2014).

Muramoto Chris Reed bilan juftlik hosil qilib, oʻzining sport faoliyatida katta muvaffaqiyatlarga erishdi. 2018-yilda Muramoto va Reed juftligi sheriklik qilishni yakunladilar, oʻsha paytda bu juftlik Xalqaro konkida uchish ittifoqi reytingida oʻn uchinchi oʻrinni egallagan edi[1]. Bir yil oʻtgach, Miromoto yaqinda oʻz faoliyatini qayta tiklagan Daisuke Takaxashi bilan juftlikda konkida uchishni boshladi. Ular Toʻrt qitʼa chempionatining kumush (2022), Yaponiyada oʻtkazilgan Gran-pri bosqichining bronza (2020) va Yaponiya chempionatining kumush (2021 — 2022) medallarini qoʻlga kiritishgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil boshida Muromoto oʻzini muz ustida raqsda sinab koʻrishga qaror sakkizqildi va Xiroichi Noguchi bilan juftlashdi. U bilan birga Muromoto milliy chempionat medalini qoʻlga kiritdi. 2015-yil aprel oyida muz ustida raqs boʻyicha koʻp marotaba Yaponiya chempioni boʻlgan Cathy Reed faoliyatini toʻxtatishga qaror qildi va uning sobiq sherigi va akasi Chris Reed Muromoto bilan juftlik hosil qildi.

Bu juftlik NHK Trophy turnirining Gran-pri bosqichida debyut qilib, oxirgi oʻrinni egalladi[2]. Yil yakunida ular mamlakat chempionligini qoʻlga kiritishdi. Juftlik yanvar oyi boshida Polshada boʻlib oʻtgan Nesquik kubogida ikkinchi oʻrinni egallashdi, shu bilan birga oldingi barcha yutuqlarini yaxshilashdi. Ular ishonch bilan chempionatga yoʻllanma oldi. Taypeyda oʻtkazilgan qitʼa chempionatida juftlik shimoliy amerikaliklardan tashqari eng yaxshi raqqoslar qatoriga kirishdi. Bostonda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Muromoto va Reed qisqa dastur boʻyicha oʻz yutuqlarini yaxshilash bilan birga finalchilar qatoridan joy olishdi[3].

Juftlik AQShda oʻtkazilgan Olimpiya oldidan yangi mavsumni sentyabr oyi oʻrtalarida Salt Lake City shahrida boʻlib oʻtgan turnirda ikkinchi oʻrinni egallagan holda boshladi[4]. Shu bilan birga, ular qisqa dastur va yakuniy natija boʻyicha oldingi yutuqlarini yaxshilashdi. Oktyabr oyi oʻrtalarida yapon juftligi Chikagoda boʻlib oʻtgan Gran-pri bosqichida chiqish qilishdi va turnir jadvalining oʻrtasidan joy oldi[5]. Dekabr oyi oxirida Osakada boʻlib oʻtgan milliy chempionatda Muramoto va Reed oʻtgan yilgi muvaffaqiyatini ishonch bilan takrorlashdi. 2017-yil yanvar oyi boshida yaponiyalik juftlik Polshada Nestle Nesquik kubogi musobaqasida ishtirok etib, uchinchi oʻrinni egalladilar, shu bilan birga ular umumiy va erkin dasturda erishgan oldingi yutuqlarini yaxshiladilar. Fevral oyi oʻrtalarida juftlik Janubiy Koreyaning Gangneung shahrida qitʼa chempionatida ishtirok etib, kuchli oʻntalikdan joy olishdi. Bir hafta oʻtgach, ular Sapporoda 8-qishki Osiyo oʻyinlarida ishtirok etib, ikkinchi oʻrinni egalladi. Mart oyining oxirida yaponiyalik figurali uchuvchilar Helsinkida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida qatnashishdi, ammo finalga chiqa olishmadi. Uch hafta oʻtgach, jamoaviy jahon chempionatida yaponiyalik juftlik umumiy va qisqa dasturda erishilgan oldingi yutuqlarini yaxshilashdi. Bunday natija Yaponiya terma jamoasining oltin medallarni qoʻlga kiritishiga yordam berdi[6][7].

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muz ustida raqs[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chris Reed bilan
Musobaqa 15/16 16/17 17/18
Xalqaro
Olimpiada - raqs 15
Olimpiada - jamoa 5
Jahon chempionati 15 23 11
Toʻrt qitʼa chempionati 7 9 3
Gran-pri Yaponiya 7 9
Gran-pri AQSh 8 7
Nebelhorn Trophy 2
U.S Classic 2 3
World Team Trophy 1
Osiyo oʻyinlari 2
Toruń Cup 2 3
Milliy
Yaponiya chempionati 1 1 1
Xiroichi Noguchi bilan
Musobaqa
Xalqaro
Tallin Trophy 4
Milliy
Yaponiya chempionati 3
Daisuke Takaxashi bilan
Musobaqa
Xalqaro
Jahon chempionati 16
Toʻrt qitʼa chempionati 2
Gran-pri Yaponiya 3 6
Warsaw Cup 2
Milliy
Yaponiya chempionati 2 2

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]