Kal (qahramon)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"KAL" — oʻzbek xalq doston va ertaklaridagi ijobiy qahramon. Hayotda xoʻrlangan, kulguli hisoblangan "K." oʻzining topqirligi, donishmandligi, kishilarga hamdardligi bilan xalq mehrini qozongan. U afsonaviy yovuz kuch (ajdar, yalmogʻiz, dev va b.)larni ham, real salbiy kuch (xon, podsho, boy, savdogar, qozi va b.)larni ham yengadi. "K" dostonlarda Janjalkal, Aynoq, Jaynoq, Ersak va Tersak; ertak va xalq dramalarida esa Polvon Kachal nomlari bilan yuritiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil