Jijak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jijak
جيجاك
Abbosiy xalifaning ummu valadi
Davri 877/78 — 900-yillar 5-aprel
Tugʻilishi Abbosiylar xalifaligining shimoli-sharqiy chegarasi
Dafn etilgan joy
Bagʻdod
Turmush oʻrtogʻi Mutazid
Farzandlari Muktafiy
Toʻliq nomi
Ummu Ali Jijak
Dini Islom

Jijak (arabcha: جيجاك), shuningdek Ummu Ali (arabcha: أم علي) nomi bilan ham tanilgan, Mutazidning turkiy Ummu valadi va boʻlajak xalifa Muktafiyning onasi[1].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jijak Čiček (turkcha „gul“) turkiy choʻri boʻlib, Ahmad ibn Talhaning, boʻlajak xalifa Muʼtazid, kanizagi edi[2][3]. 877/8-yilda Ali ismli o‘g‘ilni dunyoga keltirgan[2][3]. Oʻgʻli tugʻilgandan keyin unga Ummu Ali, yaʼni Alining onasi nomi berilib, bu ism uning uchun umumiy ism boʻlib qolgan.

Uning oʻgʻli xalifa Ali ismi berilgan birinchi xalifa edi. 892-yilda Mutazid xalifa boʻlgach, Jijakning nafaqasi oshirilgan. Mutazid, shuningdek, oʻgʻli Ali toʻngʻich oʻgʻil va merosxoʻr boʻlgani sababli, viloyat noibi etib tayinlash orqali vorislikka tayyorlashga harakat qilgan. Jumladan, tax. 894/95-yilda dastlab Ray, Qazvin, Qum va Hamadonga, 899-yilda Jazira va chegara hududlar noibi boʻlib, Abbosiy ajdodlarining sevimli shahri Raqqada qarorgoh qurgan.

Jijak toʻngʻich farzand va Mutazid vorisining onasi sifatidagi xizmatlari tufayli muhim va nufuzli ummu valadga aylangan.

900-yillarda, oʻgʻlining xalifa boʻlishidan oldin yoki koʻp oʻtmay vafot etgan. Vafotidan keyin raqibi Shagʻob Haramda obroʻ topgan. Jijakning nufuzi baland boʻlsa ham, hech qachon siyosiy hokimiyatga intilmagan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Hasan, M.. History of Islam: Classical period, 571-1258 C.E, History of Islam. Islamic Publications, 1998 — 249 bet. 
  2. 2,0 2,1 Zetterstéen & Bosworth 1993, ss. 542–543.
  3. 3,0 3,1 Rosenthal 1985, s. 185 (note 905).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]