Jack Harlow

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jack Harlow
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Jackman Thomas Harlow
13-mart, 1998-yil
Luisville, Kentukki, Qo'shma Shtatlar
Kasbi reper • muallif • prodyuser
Leybl Generation Now • Atlantic
Boʻyi 1.79 m
Janr Hip hop
Faoliyat yillari 2011–hozirgacha
Veb-sayt jackharlow.us
Imzosi

Jackman Thomas Harlow (1998-yil 13-martda tugʻilgan) — Jack Harlow nomi bilan tanilgan amerikalik reper. Harlow bir nechta muvaffaqiyatli miksteyplarni chiqarganidan keyin 2018-yilda „Atlantic Records“ bilan shartnoma imzoladi.

Harlowning birinchi ommani eʼtiborini qozongan ijodi 2020 yilda „Whats Poppin“ boʻldi. Uning TikTok’dagi mashhurligi hamda reperlar DaBaby, Tory Lanez va Lil Wayne bilan remiksdan so‘ng u AQShning Billboard Hot 100 ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egalladi va Grammy mukofotiga nomzod bo‘ldi. Harlow XXL jurnalining „2020 Freshman Class“ ga qoʻshilgan edi, u oʻzining debyut studiyaviy albomi „Thats What They All Say“ni chiqarishdan oldin, u AQShda platina sertifikatiga ega boʻlgan. 2021-yilda Xarlou Lil Nas X bilan hamkorlikda „Industry Baby“ nomli qo‘shig‘ini chiqardi va u Billboard Hot 100 reytingida birinchi o‘rinni egalladi va Harlowning bu natijaga erishgan birinchi singliga aylandi. Harlow oʻzining ikkinchi albomi „Come Home the Kids Miss You“ 2022-yilda chiqarildi va uning „First Class“ singli „Billboard Hot 100“da ikkinchi oʻrinni egalladi va keyinchalik chartda birinchi oʻrinni egalladi.

Harlow bir qancha mukofotlarga, jumladan, „2021 Billboard Music Awards“da eng yaxshi yangi ijrochi nomzodi boʻlgan[1]. Xuddi shu yili u Variety jurnalining „Yilning eng yaxshi hitmeykeri“ deb topildi va Forbes 30 Under 30 roʻyxatiga kiritildi. 2022-yilda Harlow oʻzining aktyorlik debyutini sinab koʻrishini aytgan.

Yoshlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jackman Thomas Harlow 1998-yil 13-martda Kentukki shtatining Luisville shahrida tug‘ilgan[2][3]. U ishbilarmon ayol Maggie va Brian Harlowning oʻgʻli boʻlib, Shelbivil yaqinidagi ot fermasida katta boʻlgan[4][5]. Uning Clayborn Harlow ismli bitta ukasi bor[6]. U ham fransuz, ham irland millatiga mansub. Harlowning bobosi dizayner Tommy Hilfiger bilan bir koʻchada yashagan[7].

Harlow bolaligida oilasi bilan Shelbivildan Luisvilga ko‘chib o‘tgan va 12 yoshida rep kuylay boshlagan. U va uning do‘sti Kennie Copeland qo‘shiqlarni yozish uchun Guitar Hero professional boʻlmagan mikrofoni va noutbukdan foydalangan. U yettinchi sinfda o‘qib yurganida Harlow professional mikrofonni qo‘lga kiritdi va „Mr.Harlow“ taxallusi ostida o‘zining birinchi „Extra Credit“ miksteypini yaratdi. U turli doʻstlari bilan „Moose Gang“ nomli kichik guruh tuzdi.

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-2018: Birinchi miksteyplar va Private Garden[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yil noyabr oyida Harlow oʻzining birinchi tijoriy ishi hisoblangan „The Handsome Harlow“ „EP“sini chiqardi. U Gill Hollandning sonaBLAST! leyblida chiqarildi[8]. Oʻrta maktab davomida uning ijod namunalari koʻpincha Mercury Ballroom, Headliners va Haymarket Whisky Bar kabi Luisvildagi shoularda kuylangan.[9].

2016-yil iyun oyida, Aterton oʻrta maktabini tugatgandan soʻng bir oydan kamroq vaqt oʻtgach, u oʻn sakkizinchi miksteypini chiqardi, bu uning leybli va musiqiy kollektivi Private Gardendagi birinchi albom edi[10]. Bu jamoada Harlowning hamkorlari, Luisvilli reperlar va prodyuserlar Ace Pro, 2forWoyne, Shloob, Quiiso va Ronni Lucciano ham bor. Keyingi yil davomida Harlow South by Southwest, Bonnaroo musiqa festivali va Forecastle festivalida chiqish qildi[11].

2017-yilning yozida Harlow „Rutine“ singlini chiqardi. Oʻsha yilning oktabr oyida u „Dark Knight“ singlini unga qoʻshilgan musiqiy video bilan birga chiqardi[12][13]. „Dark Knight“ 2017-yil noyabr oyida chiqarilgan Harlowning Gazebo miksteypidagi asosiy singlga aylandi.

2018-2020: Generation Now Records, Loose va Confetti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Reper Jack Harlow 2021-yilda

Atlantaga koʻchib oʻtgandan soʻng, Harlow daromad topish uchun „Georgia State University“ universiteti oshxonasida ishladi. Kafeteriyada ishlaganidan bir oy oʻtgach, u DJ Drama bilan tanishdi.[29]

2018-yil avgust oyida Harlow Atlantic Records bilan birgalikda DJ Drama va Don Cannonga tegishli boʻlgan Generation Now Records leybli bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilindi. Shuningdek, eʼlon qilingan kuni u oʻzining „Sundown“ singli uchun ishlangan videoni ham chiqardi. 17-avgustda Harlow oʻzining asosiy leybli bilan Loose debyut miksteypini chiqardi. Albomda CyHi the Prynce, K Camp, 2forWoyne va Teylor kabi mashxurlar ishtirok etgan. Dekabr oyida u K Camp ishtirokidagi „PickYourPhoneUp“ qoʻshigʻi uchun videoni ham chiqardi. „Loose“ 2019-yilgi BET Hip Hop Awards „Eng yaxshi miksteyp“ nominatsiyasiga nomzod bo‘ldi. 2019-yil 21-avgustda Harlow Luisvilda yashovchi Brayson Tiller ishtirokidagi „Thru the Night“ singlini chiqardi. Keyin u Tiller, 2forWoyne va EST Gee ishtirokidagi oʻn ikkinchi miksteypi „Confetti“ni chiqardi.

2020-2021: Thats What They All Say[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 18-fevralda Harlow „Nail Tech“ singlini chiqardi, bu oʻzining ikkinchi studiyaviy albomidagi asosiy singl. Qoʻshiq Hot Billboard 100-da 18-oʻrinda debyut qildi va bundan oldin „Industry Baby“ prodyuserlik ishida ishtirok etgan Kanye Westning maqtoviga sazovor boʻldi. 24-fevral kuni Harlow Kanye Westning Donda 2 albomida „Louie Bags“ qoʻshigʻida rep ijro qildi.

2022-yil 16-martda Harlow oʻzining ikkinchi studiyaviy albomi Come Home the Kids Miss You deb nomlaganini eʼlon qildi, u 6-mayda chiqarilgan[14]. Ikkinchi singl „First Class“ Billboard Hot 100 roʻyxatida uning ikkinchi ijod namunasi boʻldi va bu oʻringa erishgan yilning birinchi hip hop qoʻshiqchisi boʻldi.

Aktyorlik debyuti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil mart oyida Harlow oʻzining aktyorlik debyutini 1992-yilda rejissyor Kalmatik tomonidan suratga olingan „White Men Canʼt Jump“ filmining qayta ishlanayotgan variantida rol ijro etishini eʼlon qilindi[15].

Ijodkorlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uslub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Harlowning ijodi tanqidchilar uning musiqasi va qoʻshiqlarida raqsga moyillikni hissiy samimiylik bilan uygʻunlashtirgani sifatida tavsiflagan. Bu huddi ziyofat va giyohvand moddalarni isteʼmol qilish kabi mavzularni oʻz ichiga oladigandek. Harlow musiqasi hip-hop sifatida keng tasniflangan. Nashrlar uning musiqasini trap beats bilan pianino va uilleann pipes kabi asboblarni aralashtirish sifatida belgilagan[16].

2020-yilda The Guardian jurnalisti Kate Hutchinson Harlowning eng ommabop qoʻshiqlari uning koʻproq introspektiv qoʻshiqlari ekanligini haqida fikr bildirdi. The Guardian gazetasining yana bir yozuvchisi Thomas Hobbs Harlownin"oq tanlilar tomonidan aytiladigan yetarli xarizma borligini" yozgan. U oʻzining musiqasini ritmga urgʻu berish, ashula matnini esa „shaxsiy, lekin qiziqarli“ deb taʼriflagan[17]. 2022-yilda Harlowning mashhurligi oshib ketganidan so‘ng, Terry Nguyen Harlow oʻz musiqasini Drake bilan solishtirgani uchun uni havolanib ketgan deb taʼrifladi. Lekin Nguyen Harlowning Ashula matnini dono soʻzlari va introspektiv mazmuni uchun yuqori baholagan.

Ilhomlanish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Harlow Eminem, Drake, Kanye West, Lil Wayne, Outkast, Paul Wall, Willie Nelson, Johnny Cash, Hall & Oates, Fergie, Jesse McCartney va boshqalardan ilhomlanishini takidlab keladi. Harlow, shuningdek, kinoning taʼsir kuchli deb biladi va oʻzining qoʻshiqlarini „qisqa filmlar kabi“ boʻlishini maqsad qilib keladi. Uning sevimli rejissyorlari Martin Scorsese, Quentin Tarantino va Alfred Hitchcock hisoblanadi[18].

Xayriya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Harlow Black Lives Matter siyosiy harakatini qoʻllab-quvvatlaydi. Tugʻilgan shahrida sodir boʻlgan Breonna Taylorning oʻldirilishiga norozilik namoyishida qatnashgan. Harlow oq tanli boʻlgani uchun „irqchilik tajribasi“ qanday ekanini hech qachon bila olmasligini va oq tanli reper sifatida oʻz ishiga shu bilim bilan yondashish uning masʼuliyati ekanligini taʼkidlagan[19].

2021-yil oktabr oyida Harlow Luisvillda joylashgan beshta tashkilotga xayriya qildi: AMPED, Ayollar va oilalar markazi, Grace M. James akademiyasi, Louisville Urban League va Metro United Way.

2021-yil dekabr oyida Harlow KFC va uning bosh kompaniyasi Yum! Bilan birga shtatning gʻarbiy mintaqasida halokatli tornadodan jabr koʻrganlarni qoʻllab-quvvatlash uchun American Red Cross hayriya tashkilotiga 250 ming dollar xayriya qiladi[20].

Ijodkorlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Harlowni tanqidchilar uning musiqasi va qoʻshiqlarini samimiylik bilan uygʻunlashtirganini tavsiflagan[21][22]. Nashrlar uning musiqasini trap beats bilan pianinoni aralashtirish sifatida belgilagan[23]

Harlow Eminem, Drake, Kanye West, Lil Wayne, Outkast, Paul Wall, Willie Nelson, Johnny Cash, Hall & Oates, Jesse McCartney va boshqalarni oʻz ichiga olgan bir qancha janrlarda oʻziga olgan taʼsirlarni keltirib oʻtadi[24][25][26]. Harlow kinoni taʼsir kuchi sifatida koʻradi va qoʻshiqlarini „qisqa filmlar kabi“ boʻlishini maqsad qildi.

Diskografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tur Konsertlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Créme de la Créme Tour (2021)
  • Come Home The Kids Miss You Tour (2022)

Awards and nominations[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashkilot Yil Ish nomi Mukofot Natija Man.
BET Hip Hop Awards 2019 Loose Eng Yaxshi Miksteyp Nominatsiya [27]
2020 "Whats Poppin" Eng Yaxshi Hamkorlik (& Tory Lanez, DaBaby va Lil Wayne) Nominatsiya [28]
Jack Harlow Eng Yaxshi Hip Hop Sanʼatkor Nominatsiya
Billboard Music Awards 2021 Eng Yaxshi Sanʼatkor Nominatsiya [29]
"Whats Poppin" Eng koʻp strim qilingan (Audio) Nominatsiya
Eng Yaxshi Hamkorlik Nominatsiya
Eng Yaxshi Rep Qoʻshiq Nominatsiya
2022 "Industry Baby" Yutuq [30]
Eng Yaxshi Hamkorlik (& Lil Nas X) Nominatsiya
Grammy Awards 2021 "Whats Poppin" Eng Yaxshi Rep Ijrosi Nominatsiya [31]
2022 Montero Yilning Eng Yaxshi Albomi (duet kuylagan ijodkorlar uchun) Nominatsiya [32]
"Industry Baby" Eng Yaxshi Melodik Rep Ijrosi (& Lil Nas X) Nominatsiya
iHeartRadio Music Awards 2021 Jack Harlow Eng Yaxshi Yangi Hip Hop Sanʼatkor Nominatsiya [33]
MTV Video Music Awards 2020 "Whats Poppin" Yozning Eng Yaxshi Singli Nominatsiya [34]
2021 "Industry Baby" Nominatsiya [35]
2022 Yilning Eng Yaxshi Videosi Kutilyapti [36]
Eng Yaxshi Hamkorlik (& Lil Nas X) Yutuq
Eng Yaxshi Direktorlik Ishi (& Lil Nas X Nominatsiya
Eng Yaxshi Asar Direktorlik Ishi (& Lil Nas X) Yutuq
Eng Yaxshi Vizual Effekt (& Lil Nas X) Yutuq
Eng Yaxshi Xoreografiya (& Lil Nas X) Nominatsiya
Shots Awards 2022 „Industry Baby“ Yilning Eng Yaxshi Videosi (& Lil Nas X) (silver) Yutuq [37]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Lash, Jolie; May 24, Jason Lamphier Updated; EDT, 2021 at 01:45 AM „The Weeknd wins big at the Billboard Music Awards: See the full winners list“ (en). EW.com. Qaraldi: 2022-yil 7-may.
  2. Moss, Josh. „Kid with a Mic“. Louisville (2017-yil 4-avgust). 2020-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-dekabr.
  3. Elibert, Mark (October 10, 2018). „Jack Harlow Talks 'Loose' Mixtape, Putting Louisville on the Map & Working With DJ Moose, Moose Cannon“. Billboard. Qaraldi: December 13, 2018.
  4. „Jack Harlow's Cinematic Approach to Hip-Hop“.
  5. „NAWBO Kentucky - Newsletter“. 2021-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  6. „Jack Harlow Goes Undercover on Twitter, Instagram, and Wikipedia.“. GQ (2020-yil 25-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 4-mart.
  7. Vanderhoof, Erin „Inside Jack Harlow’s Tommy Hilfiger Look at the 2021 Met Gala“ (en-US). Vanity Fair (2021-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 4-aprel.
  8. Messmer, Alexis. „Jack Harlow Talks His First Commercial Release and What's Next“. Louisville (2015-yil 18-dekabr). 2020-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-dekabr.
  9. Puckett, Jeffrey Lee. „Rapper Jack Harlow is on it like MacGyver“ (2016-yil 8-mart). Qaraldi: 2018-yil 13-dekabr.
  10. Luisa, Paige. „Introducing: Jack Harlow“. Ear Milk (2016-yil 18-iyul). Qaraldi: 2018-yil 13-dekabr.
  11. Welp, Ben. „Forecastle Festival 2017 | Review & Photos“ (en). Grateful Web (2017-yil 19-iyul). Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  12. Lakshminarayana, Raghava. „PREMIERE: Jack Harlow "Dark Knight"“. Mass Appeal (2017-yil 27-oktyabr). 2018-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-dekabr.
  13. Shotwell, James. „Jack Harlow's impending superstardom cannot be denied on "Dark Knight"“. Substream (2017-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 13-dekabr.
  14. „Jack Harlow Announces New Album 'Come Home The Kids Miss You'“. HipHopGet (2022-yil 16-mart). 2022-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-mart.
  15. Kroll, Justin. „Jack Harlow To Star in 20th Century's 'White Men Can't Jump' Reboot Off His First Ever Screen Audition“. Deadline Hollywood (2022-yil 3-mart).
  16. Blake, Emily (December 15, 2020). „Jack Harlow Rises to Number One on Apple Music Pre-Add Chart“. Rolling Stone. Qaraldi: February 6, 2021.
  17. „Box“. warnermusicgroup.app.box.com.
  18. „Jack Harlow's Cinematic Approach to Hip-Hop“. Vman. Qaraldi: 2020-yil 9-noyabr.
  19. Woods, Aleia „2020 XXL Freshman Class Discuss Police Brutality, Racism and Social Justice With Until Freedom: Part 1 – The Past“. XXL Mag (2020-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 9-noyabr.
  20. Aderoju, Darlene (December 13, 2021). „Jack Harlow Teams With KFC to Donate $250,000 to Those Impacted by Deadly Kentucky Tornado“. Billboard. Qaraldi: December 13, 2021.
  21. „Lyrical Lemonade“. lyricallemonade.com. Qaraldi: 2020-yil 9-noyabr.
  22. „Jack Harlow Is Here to Make Ear Candy“ (en). PAPER (2019-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 9-noyabr.
  23. Hobbs, Thomas „Jack Harlow has the world at his feet“. Dazed (2020-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 6-fevral.
  24. „Jack Harlow's 'Great Stories Last Forever' Playlist“. Spin (2020-yil 18-aprel). Qaraldi: 2020-yil 9-noyabr.
  25. „Jack Harlow – 2020 XXL Freshman“ (en). XXL Mag (2020-yil 11-avgust). Qaraldi: 2020-yil 9-noyabr.
  26. „Q&A | Jack Harlow“. Flaunt Magazine. 2022-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-noyabr.
  27. Lamarre, Carl „Cardi B Leads 2019 BET Hip Hop Awards With 10 Nominations: Exclusive“ (en-US). Billboard (2019-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  28. Grein, Paul „DaBaby Leads All Nominees For 2020 BET Hip Hop Awards: Here’s the Complete List of Nominations“. Billboard (2020-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 29-sentyabr.
  29. „The Weeknd wins big at the Billboard Music Awards: See the full winners list“ (en). EW.com. Qaraldi: 2021-yil 25-may.
  30. Grein, Paul „The Weeknd & Doja Cat Lead 2022 Billboard Music Awards Finalists: Full List“ (en-US). Billboard (2022-yil 8-aprel). Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  31. „2021 GRAMMYs: Complete Nominees List“ (2020-yil 24-noyabr).
  32. „2022 GRAMMYs Awards Show: Complete Nominations List“ (en). GRAMMY.com (2021-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 23-noyabr.
  33. „2021 iHeartRadio Music Awards: See The Full List Of Winners“ (en). iHeart. Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  34. Warner, Denise „Here Are All the Winners From the 2020 MTV VMAs“ (en-US). Billboard (2020-yil 30-avgust). Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  35. „MTV VMAs 2021 Winners: See the Full List Here“ (en-US). Pitchfork (2021-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  36. „MTV VMAs 2022 Nominees Announced: See the Full List Here“ (en-US). Pitchfork (2022-yil 26-iyul). Qaraldi: 2022-yil 26-iyul.
  37. „shots Music Video of the Year – The Americas – 2022“. shots Awards. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.