Jabrail Shapiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jabrail Shapiyev
Jinsi Erkak
Ismi Jabrail (Javrail) Nurmagomedovich Shapiyev
Fuqoroligi Rossiya / Oʻzbekiston
Sport erkin kurash
Klubi Kayakent sport maktabi

Dinamo (Maxachkala)

Dinamo (Toshkent)

Tugʻilgan sanasi 1997-yil 20-aprel (25 лет)
Tugʻilgan joyi Izberbash, Dogʻiston, Rossiya
Sportdagi faoliyati 2010—h.v.
Murabbiylari Magomed MagomedovRasul Gadisov
Ogʻirligi 84—86 kg

Jabrail (Javrail) Nurmagomedovich Shapiyev (1997-yil 20-aprel, Izberbash, Dog'iston, Rossiya ) - rossiyalik, keyin esa oʻzbek erkin kurashchisi. Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi, Tokiodagi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Sportdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab Kayakent sport maktabida Magomed Magomedov rahbarligida shugʻullangan, garchi u Izberbashda yashagan boʻlsa-da, keyinchalik Maxachkalaga koʻchib oʻtgan, Oliy sport mahorati maktabida Rasul Gadisov bilan birga shugʻullangan. 2014-yil mart oyida Vladikavkazda yoshlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida gʻolib chiqqan[1]. 2014-yilning may oyida Bolgariyada oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan[2]. 2019-yil oktabr oyida Grozniyda oʻtkazilgan Axmat Qodirov kubogining kumush medali sovrindori boʻlgan[3]. 2021-yil aprel oyida Olma-Otadagi Osiyo saralash turnirida Tokio Olimpiadasi litsenziyasini qoʻlga kiritgan[4]. 2021-yil iyun oyida Kaspiyskda Ali Aliyev xotirasiga bagʻishlangan turnirda gʻolib chiqqan[5]. 2021-yil 5-avgust kuni 2020-yilgi Olimpiya oʻyinlarida bronza medali uchun kurashda rossiyalik Artur Naifonovga yutqazib, natijada 5-oʻrinni egallagan[6].

Shahsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akasi: Isa Shapiyev ham erkin kurashchi, Rossiya terma jamoasida oʻynagan, hozir Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi[7].

Sportdagi natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiya uchun[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2014-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati — 1st;
  • 2015-yilgi Ali Aliyev xotirasiga bagʻishlangan turnir — 5-oʻrin;

Oʻzbekiston uchun[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2017-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati — 3rd;
  • 2017-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionati — 15-oʻrin;
  • 2018-yilgi kurash boʻyicha Osiyo chempionati — 5-oʻrin;
  • 2018-yilgi Ali Aliyev xotirasiga bagʻishlangan turnir — 2nd;
  • 2018-yilgi Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati — 13-oʻrin;
  • 2019-yilgi Ali Aliyev xotirasiga bagʻishlangan turnir — 3rd;
  • 2019-yilgi Aleksandr Medved sovrinlari uchun turnir — 2nd;
  • 2019-yilgi Kurash boʻyicha jahon chempionati — 12-oʻrin;
  • 2019-yilgi Qit’alararo kubok — 3rd;
  • 2021-yilgi Kiyev xalqaro turniri — 3rd;
  • 2021-yilgi Ali Aliyev xotirasiga bagʻishlangan turnir — 1st;
  • 2020-yilgi Olimpiya oʻyinlari — 5-oʻrin;

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]