Izotermik jarayon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Izotermik jarayon
Sobit haroratda tizim holatining oʻzgarishi.
Carnot issiqlik dvigateli tarxi

Carnot issiqlik dvigateli tarxi
Fan Fizika

Izotermik jarayon (yun. ἴσος (izos) - "barobar" va θέρμη (termon) - "issiq") deb oʻzgarmas haroratda tizim holatining oʻzgarishiga aytiladi.[1] Bu jarayonda harorat sobit qoladi: ΔT = 0. Havoning asta-sekin siqilishini yoki meshdan gazni soʻrib chiqarganda nasos porsheni ostida gazning kengayishini taxminiy oʻlaroq izotermik jarayon, deb hisoblash mumkin. Izotermik jarayonni oʻtkazish uchun odatda tizimga termostat oʻrnatiladi. Bunda jarayonning kechishi yanada tezlashadi. Tizim harorati esa termostat haroratidan farq etmaydi. Izotermik jarayon shunday jarayonki, gaz vazni, molyar gaz va harorat є — konstanta hisoblanadi.[2]

Izotermik jarayon (izo... va yun. therme — issiqlik) — oʻzgarmas t-rada fizik sistemada roʻy beradigan fizik yoki kimyoviy jarayon. Mas, oʻzgarmas bosimda suyuqlikning qaynashi, kattik, jismning erishi va b. Qaytar va kaytmas I. j.lar bor. I. j.da ideal gaz bosimi b-n hajmi oʻzaro teskari proporsional holda oʻzgaradi. I. j. issiqlik mashinalarida ham roʻy beradi. Uning grafigi izoterma deyiladi. I. j. tarkibiy qism sifatida Karno siklitʼ kiradi.[3]


Manbalar[tahrir]