Islom banklari tarixi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Islom banklari tarixi. Arab mamlakatlaridagi banklar Amerika va Yevropa valyuta tizimlariga nisbatan yangi hodisadir. Birinchi islomiy moliyaviy tashkilot 1963-yilda Misrda tashkil topgan. Asoschisi Mit Ghamr bo’lib, u jismoniy shaxslarning mablag’larini jalb qilgan va ularni investitsiyalarga kiritgan. Mit Ghamr banki 1967-yilgacha faoliyat olib borgan.

1971-yilda Qohirada Naser ijtimoiy banki ochildi.Moliya muassasasi ishlab chqarish uchun foizsiz kreditlar berdi va loyiha muvoffaqiyatli bo’lsa , foydani bo’lishishgan. Shuningdek, bank muhtojlarga yordam berib, talabalarga o’qish uchun kreditlar bergan.

Naser ijtimoiy bankidan keyin 1975-yida Dubay islom banki tashkil qilindi. U Dubay va Quvayt hukmdorlari tomonidan barpo etildi. Dubay islom bankining kapitali 50 million dirhamni tashkil qilardi.

Eron, Pokiston, Sudan ishbilarmonlari islom normalari asosida ishlaydi. Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari, Bruney, Saudiya Arabistonida ikkala turdagi moliyaviy institutlar mavjud.Rossiyada islom banklari juda kam. 1990-yillarda Badr-Forte bank shariy bank tizimi bo’yicha ishlagan.Unga texnika fanlari doktori Adelat Jabiyev asos solgan. [1] [2] [3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]